Fidjital-basketbol: Toshkent musobaqasida Belarus jamoasi g‘olib chiqdi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da fidjital-basketbol bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Belarus va O‘zbekistonning 5 ta jamoasi ishtirokida kechgan musobaqalar jismoniy va aqliy o‘yinlar jamlanmasida tashkil etildi.
Shiddatli kechgan o‘rtoqlik musobaqalari final bahsida Belarusning “Flash Basket” va mamlakatimizning “2K Renesans” jamoalari ro‘baro‘ keldi.

Unda mehmonlar jamoasi 29:26 hisobida ustunlikka erishdi.
Ikki kunlik bahslar yakuniga ko‘ra, Belarusning “Flash Basket” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonning "2K Renesans" va "Play Next" jamoalari keyingi o‘rinlarni band etdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA