Özbekistonda dividend tölovlari hajmi 6 barobardan ziyodga oşdi (+video)
10 oyda mamlakatdagi aksiyadorlarga Markaziy depozitariy orqali jami 7,8 trln sömdan ortiq dividend tölab berildi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Özbekiston kapital bozorining 2026-yil yanvar–oktabr oylaridagi faoliyatiga oid maʼlumotlarni eʼlon qildi.
2026-yilning 1-noyabr holatiga köra, Özbekistondagi aksiyadorlarga Markaziy depozitariy orqali jami 7,8 trln sömdan ortiq dividend tölab berilgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 6 barobardan köproqni taşkil etadi.
Hisobot davrida mamlakatdagi aksiyadorlar soni 10,8 foizga ösib, 1 mln 122 ming nafardan oşdi. Ularning asosiy qismini jismoniy şaxslar taşkil etmoqda.
Xususan, jismoniy şaxslar bölgan aksiyadorlar soni bir yilda 108 mingdan ziyodga köpayib, 1 mln 56 ming nafarga yetdi. Obligatsiya egalari soni esa 1,8 barobarga oşib, 4 ming nafardan oşdi.
Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, ÖzA