Nazorat kuçaytirildi
Aholini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlaş, mavjud infratuzilmadan samarali foydalaniş va kommunal xizmatlar sifatini oşiriş mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning muhim yönalişlaridan biridir. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan aholi turmuş farovonligini oşiriş, inson qadrini uluğlaş va odamlarni rozi qilişga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosida energetika resurslarini öz vaqtida yetkazib beriş ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida suyultirilgan gazga bölgan ehtiyoj ortişi tufayli uni yetkazib beriş jarayonlarini aniq rejalaştiriş, mavjud zaxiralardan oqilona foydalaniş va taʼminotda uzilişlarga yöl qöymaslikni taqozo etadi. Şu sababli Buxoro viloyatida mavjud 165 mingdan ortiq suyultirilgan gaz isteʼmolçisini öz vaqtida va barqaror taʼminlaş, yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarning oldini oliş böyiça tizimli işlar yölga qöyildi.
Xususan, “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filialida “Hududgaztaʼminot” AJ taʼsisçiligida taşkil etilgan “LPG Trade” hamda Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi huzuridagi Qöriqlaş xizmati hamkorligida maxsus ştab faoliyati taşkil etildi.
Mazkur ştab orqali suyultirilgan gaz mahsulotlarini hududlarga yetkazib beriş, taqsimlaş va isteʼmolçilarga tarqatiş jarayonlari doimiy nazoratga olinib, masʼul taşkilotlar faoliyati özaro muvofiqlaştirilmoqda.

Ştab oldiga gaz mahsulotlarini hududlarga belgilangan muddatlarda yetkaziş, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obʼektlarining ehtiyojlarini örganiş, taʼminotdagi uzilişlarning oldini oliş hamda fuqarolar murojaatlarini tezkor körib çiqiş kabi muhim vazifalar qöyilgan. Şuningdek, masʼul xodimlar tomonidan gaz taşuvçi transport vositalarining harakati, mahsulotlarni taqsimlaş va manzilli yetkazib beriş jarayonlari muntazam monitoring qilib borilmoqda. Bu esa taʼminot zanjirining har bir bosqiçida nazoratni kuçaytiriş, mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlaş va ularni tezkor bartaraf etiş imkonini bermoqda. Eʼtiborlisi şundaki, ştab faoliyatida faqat gaz mahsulotini yetkazib beriş emas, balki isteʼmolçilar ehtiyojini oldindan örganiş, murojaatlarga joyida yeçim topiş va masʼul taşkilotlar örtasida hamkorlikni mustahkamlaşga ham ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.
Zero, gaz taʼminotidagi barqarorlik nafaqat yetkazib berilayotgan mahsulot hajmi, balki uning öz vaqtida, belgilangan manzilga va aholi ehtiyojiga muvofiq yetkazilişi bilan ham belgilanadi. Şu maʼnoda, maxsus ştab faoliyati taʼminot jarayonini tizimli boşqariş, masʼuliyatni oşiriş va isteʼmolçilar manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Asosiy maqsad — Buxoro viloyatidagi 165 mingdan ortiq suyultirilgan gaz isteʼmolçisini barqaror taʼminlaş, xizmat körsatiş sifatini oşiriş va aholi xonadonlarida energiya taʼminoti bilan boğliq muammolarning oldini olişdan iborat.
Bu borada masʼul taşkilotlar hamkorligidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri