O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, mintaqaviy hamkorlik yuqori baholandi
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Samir Pol Kapur bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi. O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
Samir Paul Kapur O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni, shuningdek, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni yuqori baholadi.

Uchrashuv davomida AQSH delegatsiyasiga O‘zbekiston Oliy Majlisining faoliyati, parlamentning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash borasidagi ishlar haqida umumiy ma’lumot berildi.
N.Abduraimova, O‘zA