O‘zbekiston va Xorvatiya: savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik kengaytiriladi
Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi, «O‘zbekiston - Xorvatiya» hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh rahbari Odiljon Mamatkarimov Xorvatiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Refik Shabanovich bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida muloqotni faollashtirish, qonunchilik va parlament nazorati sohalarida tajriba almashish muhimligi qayd etildi.

Farmatsevtika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va turizm yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
N.Abduraimova,
O‘zA