Özbekiston va Qozoğiston çegarasidagi «Ğiştköprik» bojxona posti oçildi
Özbekiston va Qozoğiston davlat çegarasida joylaşgan «Ğiştköprik» va «Jibek joli» çegara bojxona postlarining yangi bino va inşootlari foydalanişga topşirildi.
Oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Jamşid Qöçqorov, Qozoğiston Respublikasi Moliya vaziri Madi Takiyev, ikki mamlakat bojxona organlari rahbarlari, Toşkent tumani va Turkiston viloyatlari hokimlari hamda rasmiy delegatsiyalar iştirok etdi.
Marosimda qayd etilganidek, uşbu infratuzilma loyihasi ikki davlat örtasidagi strategik şeriklikni mustahkamlaş, çegaradan ötuvçi fuqarolar va transport vositalari uçun qulaylik yaratiş, bojxona nazoratini zamonaviy texnologiyalar asosida taşkil etişga qaratilgan.

Özbek va qozoq xalqi azaldan tarixi, madaniyati, dini bir, qardoş xalq sifatida yonma-yon rivojlanib kelmoqda. Quvonçli va taşvişli kunlarda yelkama-yelka bölib, bir-birini qöllab-quvvatlab kelayotgan ikki xalqning döstligi özaro aloqalarda yaqqol namoyon bölmoqda. Özbekiston va Qozoğiston davlatlarining strategik şerikligi, döstlik va qardoşlik aloqalari muntazam kengayib, yangi yönalişlar bilan boyib bormoqda.
Qariyb 35 yillik tarixga ega «Ğiştköprik» bojxona posti davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan rekonstruksiya qilinişi natijasida yangi qiyofa kasb etdi. Post hududi 6 gektardan 9 gektarga kengaytirilib, fuqarolar harakati uçun yölaklar 8 taga, yengil avtomobillar uçun nazorat yölaklari 18 taga yetkazildi. Transport vositalari uçun töxtaş joylari esa 200 tani taşkil etdi.

Yangi majmuada zamonaviy bojxona nazorati vositalari ham örnatildi. Jumladan, 3 ta inspeksion körik majmuasi, 10 ta rentgen apparati, 2 ta Body Scanner, 6 ta radiatsion portal monitori va 188 ta kuzatuv kamerasi foydalanişga topşirildi. Şuningdek, nazorat jarayonlarini tezlaştiriş maqsadida «Smart Customs Border» tizimi joriy qilindi.
Amalga oşirilgan işlar natijasida postning kunlik ötkazuvçanlik imkoniyati fuqarolar böyiça 100 ming nafarga, yengil avtomobillar böyiça 3 mingtaga, avtobuslar böyiça esa 400 taga yetkazildi.
Tadbir davomida delegatsiya aʼzolari yangi infratuzilma, yölovçilar uçun yaratilgan şaroitlar, pasport nazorati kabinalari, elektron darvozalar va zamonaviy texnik vositalar imkoniyatlari bilan tanişdi.

Qayd etiş joiz, joriy yilning dastlabki ön oyida Qozoğistondan Özbekistonga 2,7 million nafardan ortiq sayyoh taşrif buyurgan. Ikki davlat örtasidagi özaro savdo hajmi ham izçil ösib, 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida 4,4 milliard dollarni taşkil etgan.
«Ğiştköprik» çegara posti mamlakatimizning taşqi dunyoga oçiluvçi muhim darvozalaridan biri hisoblanadi. Uning yangi qiyofa kasb etib, imkoniyatlari kengaytirilişi çegaradagi harakatni tezlaştiriş, turistik oqimni samarali qabul qiliş, tadbirkorlik subʼektlari uçun qulay logistika şaroitlarini yaratiş hamda ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
Tadbir davomida madaniy konsert dasturi namoyiş etildi.
Muhtarama Komilova,
Farhod Abdurasulov (surat),
ÖzA