O‘zbekiston va Germaniya hamkorligi: iqtisodiy va ijtimoiy aloqalar tahlili
2026-yil yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik barqaror o‘sish dinamikasini namoyon etmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 411,6 mln. AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,2 mln. dollarga oshgan.
Tashqi savdo tarkibida import hajmi eksport: 52,4 mln. AQSH dollari, import: 359,2 mln. AQSH dollari kabi yuqori bo‘lib qolmoqda.
Bu holat Germaniyadan yuqori texnologiyali mahsulotlar, sanoat uskunalari va texnika vositalariga bo‘lgan talab yuqoriligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston eksporti hali ham kengaytirish bosqichida ekanini anglatadi.
O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni – 240 ta (2026-yil 1-may holatiga). Germaniyadan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya va kreditlar — 205,3 mln. AQSH dollari (yanvar–mart)dan iborat.
Bu ko‘rsatkichlar Germaniya biznesining O‘zbekiston bozoriga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Shuningdek, Germaniyadan O‘zbekistonga kelgan sayyohlar – 10 989 nafar
O‘zbekistondan Germaniyaga borganlar – 2 981 nafar. Bu holat O‘zbekistonning tarixiy va madaniy turizm salohiyati Germaniya fuqarolari uchun tobora jozibador bo‘lib borayotganini ko‘rsatadi.
Qayd etilishicha, Germaniyadan O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelganlar – 42 nafar, O‘zbekistondan Germaniyaga o‘qishga ketganlar – 190 nafar. Bu ko‘rsatkichlar yoshlar o‘rtasida xalqaro ta’limga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini anglatadi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik tashqi savdo hajmining barqaror o‘sishi investitsiya oqimlarining faollashishi
turizm va ta’lim almashinuvining kengayishi bilan tavsiflanmoqda.
Shu bilan birga, savdo balansida import ulushining yuqoriligi O‘zbekistonning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Kelgusida yuqori texnologiyalar, qo‘shma ishlab chiqarish va qayta ishlash sanoati ikki davlat hamkorligining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishi kutilmoqda.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA