Özbekiston U-20 terma jamoasi Venesuela darvozasiga beşta gol urdi
Bahs qahramoniga aylangan Kamron Yusupov raqib darvozasini uç marta işğol etib, xet-trik qayd etdi.
Özbekiston U-20 terma jamoasi Venesuela yoşlar terma jamoasiga qarşi ikkinçi xalqaro örtoqlik uçraşuvida 5:2 hisobida ğalaba qozondi.
Bahs qahramoniga aylangan Kamron Yusupov raqib darvozasini uç marta işğol etib, xet-trik qayd etdi. Hujumçi 15, 45 va 53-daqiqalarda gol urişga muvaffaq böldi.
Özbekistonlik futbolçilarning yana bir goliga 28-daqiqada Quvonçbek Abrayev mualliflik qildi. U penaltidan unumli foydalandi.
70-daqiqada esa Behruz Köpaysinov raqib darvozasini işğol etib, jamoamizning beşinçi golini kiritdi.
Uçraşuvning 78-daqiqasida Özbekiston terma jamoasi futbolçisi Uluğbek Maratov maydondan çetlatildi.
Şu tariqa, yoşlarimiz Venesuelaga qarşi ikkinçi nazorat uçraşuvini 5:2 hisobidagi ğalaba bilan yakunladi.
Jamoalar örtasidagi dastlabki öyinda 2:2 hisobi qayd etilgan edi.
Xalqaro örtoqlik uçraşuvi
Özbekiston U-20 — Venesuela U-20 — 5:2
Gollar: Kamron Yusupov (15, 45, 53), Quvonçbek Abrayev (28, penalti), Behruz Köpaysinov (70).
Çetlatiş: Uluğbek Maratov (78).
Özbekiston U-20 boşlanğiç tarkibi: 21. Nematillo Rustamjonov (sardor), 2. Şorahim Şorahmedov, 7. Quvonç Abrayev, 9. Tohir Aşurboyev, 10. Abubakir Şukurullayev, 13. Nurmuhammad Abduğaniyev, 14. Behruz Abdusattorov, 18. Abdulvosit Soliyev, 19. Muhammadali Dilşodbekov, 20. Asilbek Abdurasulov, 23. Kamron Yusupov.
Zaxira: Yusufxonov, Musohonov, Ermanov, Mahmudjonov, Köpaysinov, Najmiddinov, Omonkeldiyev, Aşurboyev, Şukurullayev, Bohodirhonov, Saydaliyev, Yusupov, Maratov, Quvanişbayev, Tölaganov.