Eldor Şomurodov faoliyatini «Rostov»da yakunlaş ehtimoli haqida gapirdi
Şomurodov hozirça bunday variantni körib çiqmaganini aytdi.
Turkiyaning «Istanbul Başakşehir» klubida faoliyat yuritayotgan özbekistonlik hujumçi Eldor Şomurodov kelajakda Rossiya çempionatiga qaytişi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
31 yoşli futbolçidan «Sport-Ekspress» naşri muxbiri professional faoliyatining sönggi yillarini «Rostov» safida ötkaziş ehtimoli haqida söradi.
Şomurodov hozirça bunday variantni körib çiqmaganini aytdi.
«Hozirça bu haqda öylab körmadim», dedi Özbekiston terma jamoasi hujumçisi.
Jurnalist «Rostov»ga qaytiş taklifi uning uçun qiziqarli bölişi mumkinligini ta’kidlaganida, futbolçi kulimsirab, «Yaxşilab öylab köriş kerak», deya javob qaytardi.
Eslatib ötamiz, Şomurodovning Yevropa futbolidagi faoliyati aynan «Rostov» bilan boğliq. U 2017–2020-yillarda Rossiya klubi şarafini himoya qilib, 91 ta uçraşuvda 18 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
2020-yil yozida esa «Rostov» özbekistonlik hujumçini 9,5 million yevro evaziga Italiyaning «Jenoa» klubiga transfer qilgan.
Şomurodov keyingi yillarda Italiya çempionatida «Roma», «Spetsiya» va «Kalyari» jamoalarida ham töp surdi. Hozirda esa Turkiyaning «Istanbul Başakşehir» klubi safida faoliyatini davom ettirmoqda.