Özbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistonini mağlub etdi
Ar-Rayyan şahridagi "Jassim bin Hamad" stadionida taşkil etilgan uçraşuvda jamoamizning har ikki goliga Şerzod Esanov mualliflik qildi.
Özbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi xalqaro örtoqlik uçraşuvlarini navbatdagi ğalaba bilan davom ettirdi. Fabio Kannavaro boşçiligidagi futbolçilarimiz Qatar maydonlarida Saudiya Arabistoni ustidan 2:1 hisobida zafar quçdi.
Ar-Rayyan şahridagi "Jassim bin Hamad" stadionida taşkil etilgan uçraşuvda jamoamizning har ikki goliga Şerzod Esanov mualliflik qildi.
Birinçi bölimning örtalarida Özbekiston hisobda oldinga çiqdi. 19-daqiqada saudiyaliklar darvozabonining xatosidan unumli foydalangan Esanov töpni darvozaga yölladi.
Raqibning javob qaytarişi uçun köp vaqt talab etilmadi. Oradan tört daqiqa ötib, Firas Al-Buraykan boş bilan yöllagan aniq zarbasi orqali muvozanatni tikladi.
Biroq tanaffusga qadar ustunlik yana Özbekiston tomoniga ötdi. 35-daqiqada standart vaziyatdan keyin jarima maydonida qulay imkoniyatga ega bölgan Şerzod Esanov ikkinçi golini urib, dublni rasmiylaştirdi.
Ikkinçi bölimda saudiyaliklarning vazifasi yanada murakkablaşdi. 51-daqiqada himoyaçi Ali Lajami qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi.
Bir kişi köp bölib harakat qilgan Özbekiston terma jamoasi qolgan daqiqalarda hisobdagi ustunligini saqlab qolişga muvaffaq böldi.
Şu tariqa, futbolçilarimiz 2:1 hisobida ğalaba qozonib, navbatdagi xalqaro örtoqlik uçraşuvini muvaffaqiyatli yakunladi.
E’tiborlisi, FIFA reytingida Saudiya Arabistoni Özbekistondan beş poğona yuqorida joylaşgan. Saudiyaliklar 54-örinni egallab turgan bölsa, jamoamiz 59-poğonadan joy olgan.
Xalqaro örtoqlik uçraşuvi
17-noyabr, 2026-yil. 20:30 (Özbekiston vaqti)
Stadion: "Jassim bin Hamad", Er-Rayyan (Qatar).
Saudiya Arabistoni — Özbekiston — 1:2
Gollar: Firas Al-Buraykan (23) — Şerzod Esanov (19, 35).
Qizil kartoçka: Ali Lajami (51, Saudiya Arabistoni).