O‘zbekiston terma jamoasidan 61 ta medal — xalqaro matematika va informatika olimpiadasi yakunlandi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi "Renessans" oromgohida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, vazir o‘rinbosarlari, mas’ullar hamda faxriy mehmon — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov qatnashib, barcha ishtirokchilarni tabrikladi.

Ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi jami 61 ta medal (11 ta oltin, 22 ta kumush va 28 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.
Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi ushbu fanlardan joriy yilning iyul oyida o‘tkaziladigan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) hamda Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI)ga navbatdagi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.
N.Usmonova,
O‘zA