O’zbekiston terma jamoasi Argentina bilan o’ynashi kutilmoqda
O'yin yaqin orada tasdiqlanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Nufuzli ESPN Argentina ma’lumotiga ko‘ra, bahs 30-sentyabr kuni Xitoyda tashkil etiladi. Uchrashuv o‘tkaziladigan aniq shahar va stadion haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Argentina bilan o‘yindan oldin, 24-sentyabr kuni Toshkentda Eronni qabul qilishi, 6-oktyabrda esa Janubiy Koreyaga qarshi safarda maydonga tushishi rejalashtirilgan.