O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshi qachon uchiriladi? (+video)
Bugungi kunda kosmos insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ilgari koinot faqat olimlar uchun qiziqarli sohadek tuyulgan. Endi esa sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa, internet, televideniye, navigatsiya, ob-havo kuzatuvi va hatto tabiiy ofatlarni monitoring qilish kabi ko‘plab xizmatlar amalga oshirilmoqda. Shu bois kosmik texnologiyalar har bir davlatning ilmiy, iqtisodiy va texnologik taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. O‘zAning navabatdagi suhbatdoshi bilan biz ayni yo‘nalishdagi eng muhim savollarga javob izladik. Xususan, kosmos va sun’iy yo‘ldosh tushunchalarining mazmuni, oddiy odamlar hayotidagi ahamiyati, shuningdek fazoviy texnologiya sohasida yetakchilik qilayotgan davlatlar haqida fikr yuritildi. Orbitada sun’iy yo‘ldoshlar ko‘payishi ortidan yuzaga kelayotgan chiqindi muammosi ham muhokama qilindi.
Mutaxassis ta’kidlashicha, orbitada harakatlanayotgan chiqindi ishlab turgan sun’iy yo‘ldosh yoki boshqa fazoviy qurilmalar uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Demak, koinot xavfsizligini ta’minlash xalqaro miqyosdagi dolzarb vazifa.
Shuningdek, suhbatimiz davomida milliy sun’iy yo‘ldoshni fazoga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, istiqbol va reja, mamlakatimiz koinot texnologiyasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4Mk1Aa-Lb6c" title="O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshi qachon uchiriladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muallif: Fardona Yaxshiboyeva
Videomuhandis: Ulug‘bek To‘xtayev