Ilmiy aloqalarni kengaytiriş uçun imkoniyatlar yaratiladi
Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Seul milliy universiteti (SNU) akademik va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik töğrisidagi Anglaşuv memorandumini imzoladi.
Hujjat hamkorlikning umumiy asosini belgilaydi. Memorandumda "Yangi Özbekiston" universitetida Sunʼiy intellekt institutini taşkil etiş va rivojlantiriş böyiça hamkorlik belgilangan.
Hujjat talabalar, professor-öqituvçilar va maʼmuriy xodimlar almaşinuvini, ilmiy tadqiqotlar böyiça hamkorlikni hamda akademik va ilmiy materiallar almaşinuvini ham qamrab oladi.
Uşbu hamkorlik ikki tomon örtasidagi akademik va ilmiy aloqalarni kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Aniq taşabbuslar böyiça keyingi qadamlar qöşimça muhokama va tegişli tasdiqlardan söng alohida yozma kelişuvlarda belgilanadi.
N.Rahmonova,
ÖzA