O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga jo‘nab ketdi
FOTOREPORTAJ
Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari jahon chempionatida ishtirok etish uchun tantanali ravishda jo‘nab ketdi. Terma jamoani kuzatish marosimida futbolchilar, murabbiylar shtabi, mutasaddilar hamda ko‘p sonli muxlislar ishtirok etdi.
Jamoa a’zolari yuqori kayfiyat va katta ishonch bilan safarga otlanar ekan, muxlislar ularni qo‘llab-quvvatlab, ezgu tilaklar bildirdi. Futbolchilar mamlakat sharafini munosib himoya qilish, xalqaro maydonda yuqori natijalarni qayd etish uchun bor kuch va mahoratlarini ishga solishlarini ta’kidlashdi.
[gallery-29643]
Kuzatuv jarayonida samimiy suhbatlar, esdalik uchun fotosuratlar va iliq tilaklar muhiti hukm surdi. O‘zbekistonlik muxlislar esa milliy terma jamoaning jahon chempionatidagi ishtiroki tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etib, jamoaga omad va zafarlar tilamoqda.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA