Özbekiston jurnalistlar uyuşmasi AQŞda qator uçraşuvlar ötkazdi
Joriy yilning 25-iyun kuni ötkazilgan Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining VII konferensiyasida Uyuşmani 2026-2030-yillarda yangilaş Konsepsiyasi tasdiqlangan edi. Mazkur Konsepsiyada ustuvor yönalişlardan biri sifatida xalqaro aloqalarni rivojlantiriş, Uyuşmani xalqaro darajaga olib çiqiş va uni xorijiy media tuzilmalarga aʼzolikka qabul qilinişiga erişiş belgilangan. Ötgan vaqt mobaynida mazkur maqsadlarni amalga oşirişga qaratilgan tizimli işlar olib borilmoqda.
Uyuşma delegatsiyasining Amerika Qöşma Ştatlariga safari ham aynan şu maqsadlarni közlaydi. Xizmat safari doirasida Vaşington şahrida qator media taşkilotlar va tahlil markazlari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazildi. Ularning asosiy maqsadi ikki mamlakat media sohasi vakillari örtasida hamkorlikni örnatiş hamda Özbekiston haqidagi axborotlarni xalqaro maydonda kengroq yoritiş imkoniyatlarini muhokama qilişdan iborat böldi. Muloqotlarda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining dasturiy vazifalari va faoliyat yönalişlari haqida axborot berildi.
Delegatsiya Vaşington şahrida Tadqiqotlar va tajriba almaşiş böyiça Xalqaro kengaş — IREX prezidenti Aleksandr Dardeli bilan uçraşdi. Muloqotda Özbekiston jurnalistlari uçun xalqaro tajriba almaşiş dasturlarini yölga qöyiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. IREX xalqaro taʼlim, jurnalistika, axborot almaşinuvi va institutsional rivojlaniş sohalarida faoliyat yurituvçi AQŞdagi yirik notijorat taşkilot hisoblanadi. Taşkilot hozirgaça 100 dan ortiq mamlakatda hamkorlik loyihalarini

amalga oşirgan.
Safar davomida delegatsiya aʼzolari Hadson instituti prezidenti Jon Volters bilan ham muloqot ötkazdi. Uçraşuvda Özbekistonning mintaqaviy siyosati va islohotlarini xalqaro ekspertlarga yetkaziş, jurnalistlar va tahlilçilar örtasida tajriba almaşiş, qöşma davra suhbatlari va ekspertlik uçraşuvlarini taşkil etiş böyiça takliflar bildirildi. Taʼkidlaş joizki, Hadson instituti AQŞdagi nufuzli mustaqil tahlil markazlaridan biri bölib, sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar va ularning xavfsizlikka taʼsiri böyiça tadqiqotlar olib boradi. Institut vakillari bilan uçraşuvda jurnalistlarni sunʼiy intellekt şaroitida birgalikda öqitiş hamkorlikning kelgusidagi yönalişlaridan biri bölişi mumkinligi qayd etildi.
Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori, taniqli ekspert Frederik Starr bilan uçraşuv ham samimiy ruhda ötdi. Muloqot davomida Frederik Starr Prezident Şavkat Mirziyoyevning xalqaro maydonda va mintaqada xavfsizlikni taʼminlaş borasidagi taşabbuslarini yuqori baholaşini bildirdi. Ekspert mamlakatimiz media sohasidagi özgarişlar va söz erkinligini taʼminlaşga qaratilgan saʼy-harakatlarni alohida eʼtirof etdi. Uçraşuv yakunida Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida xorijiy ommaviy axborot vositalari uçun tahliliy maqolalar yozadigan jurnalistlar va siyosiy şarhlovçilarni tayyorlaş böyiça hamkorlik qilişga kelişildi.

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi delegatsiyasining Xalqaro jurnalistlar markazi rahbari Şeron Moşavi va Jorj Vaşington universitetining Markaziy Osiyo dasturlari direktori Sebastyan Peyrouz bilan ham muloqotlarida sunʼiy intellekt, dezinformatsiya va raqamli media yönalişida öquvlar ötkaziş va AQŞdagi yetakçi OAVlarda tajriba almaşiş loyihalarini amalga oşiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Bir söz bilan aytganda, Uyuşma xalqaro miqyosga çiqiş va Özbekiston media sohasi vakillarining xalqaro hamkorligini rivojlantiriş borasida faol izlanişlar olib bormoqda.

ÖzA