Kosonsoyda yirik sanoat loyihasi amalga oşirilmoqda
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida sanoatni rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb etiş, zamonaviy işlab çiqariş korxonalarini barpo qiliş va yangi iş örinlari yaratiş böyiça izçil işlar amalga oşirilmoqda. Investitsiya loyihalari asosida hududning işlab çiqariş salohiyati kengaymoqda.
Jumladan, «Yangiyul Juice Factory» masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan meva-sabzavotlarni qayta işlaş va «Soçnaya dolina» brendi ostida şarbat işlab çiqarişga ixtisoslaşgan zamonaviy korxona barpo etilmoqda.
Xitoy banki bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 20 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Ayni paytda 3 gektar maydonda quriliş işlari davom etmoqda.
[gallery-32565]
Korxona töliq işga tuşirilgaç, yiliga 300 ming tonna mahsulotni qayta işlaş imkoniyati yaratiladi. Loyiha doirasida 100 ta yangi iş örni taşkil etiş hamda yillik eksport hajmini 3 million AQŞ dollariga yetkaziş rejalaştirilgan.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA