Özbekiston delegatsiyasi Hindistonda 45 ta noyob qölyozma nusxasini qölga kiritdi
Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini örganiş, tarğib qiliş maqsadida Ibn Sino jamoat fondi taşabbusi bilan 2026-yilning 9-15-noyabr kunlari Hindistonning Nyu-Dehli, Ğoziobod va Aligarh şaharlariga 1-Xalqaro ilmiy ekspeditsiyasi yölga qöyildi. Eskpeditsiya aʼzolari Hindistonning Uttar-Pradeş ştati, Aligarh şahrida joylaşgan buyuk bobokalonim nomi bilan ataluvçi Ibn Sino akademiyasida ham bölişdi. Ahamiyatlisi şundaki, akademiya Ibn Sino köçasida joylaşgan. Şuning öziyoq ajdodlarimizga bölgan hurmat va ehtirom jahoniy ahamiyat kasb etişilan dalolatdir.
Akademiya Hindistonda buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini örganiş, tarğib qiliş va örta asr tibbiyoti tarixini tadqiq etiş bilan şuğullanuvçi muhim ilmiy-madaniy muassasalardan biridir. Uşbu akademiya Özbekiston va Hindiston örtasidagi tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarni örganiş nuqtai nazaridan ham alohida ahamiyatga ega.

Ibn Sino akademiyasiga 2001-yilda professor Hakim Sayyid Zillur Rahmon tomonidan asos solingan bölib, 2004-yilda Hindiston hukumatining AYUSH departamenti tomonidan akkreditatsiyadan ötkazilgan, 2008-yilda esa «Centre of Excellence» — «Namunali ilmiy markaz» maqomini olgan.
Akademiya Ibn Sinoning tibbiyot va falsafaga oid ilmiy merosini örganiş, örta asr Şarq tibbiyoti tarixini tadqiq etiş, qadimiy arab, fors va boşqa tillardagi qölyozmalarni saqlaş. Şarq anʼanaviy tibbiyoti tarixini örganiş, ilmiy anjumanlar, seminarlar va xalqaro konferensiyalar taşkil etiş, ilmiy kitoblar va jurnallar naşr qiliş bilan şuğullanadi.

Hindistonlik taniqli olim, Şarq tibbiyot mutaxassisi, tarixçi va nodir kitoblar töplovçisi hisoblangan Hakim Sayyid Zillur Rahmon şaxsiy kutubxona va muzey töplamini 1960-yillardan şakllantira boşlagan. Keyinçalik uşbu boyliklar akademiyaning asosiy ilmiy merosiga aylangan. Akademiya kutubxonasida arab, fors, urdu, sanskrit, hind va ingliz tillaridagi 30 mingdan ortiq kitob va 20 mingga yaqin jurnal, şuningdek, mingga yaqin qölyozma mavjud bölib, ular orasida yurtimiz allomalariga tagişli bölgan asarlar ham talaygina.
Özbekiston delegatsiyasi 13-noyabr kuni Ibn Sino Akademiyasi akademiyaga taşrif buyurdi va samarali muzokaralar ötkazdi. Uçraşuv davomida Akademiya rahbari Hakim Sayyid Zillur Rahmon Ibn Sino jamoat fondi kutubxonasiga Özbekiston hududiga oid Örta asrlarda yaşab ijod qilgan olim va mutaffakirlarning 45 ta noyob qölyozmalar nusxalarini elektron va bosma şakllarda hadya qildi. Uşbu noyob manbalar Ibn Sino jamoat fondi va Ibn Sino Akademiyasining 15 yillik ilmiy döstona hamkorlik natijasi, özbek olimlari va xalqiga çuqur hurmat belgisidir.
Xoliyor Safarov,
“Özbekiston tarixi” telekanali boş muharriri,
Hindiston, Aligarh.