Zarrin maʼdan ortidagi luğaviy sir
Asrlar davomida somon parçalarini öziga tortuvçi sirli jism sanalgan qahrabo maʼdanining nomi aslida tabiiy hodisani emas, balki sarğiş-qönğir rang tusini anglatgan.
Qadimgi davrlardan buyon insoniyat yer osti boyliklariga nom berişda ularning eng közga taşlanadigan belgilariga tayangan. Bu belgilar köpinça jismning taşqi qiyofasi, rangi yoki öziga xos xususiyatlari bölgan. Tabiatning noyob tuhfasi sanalgan qahrabo toşi ham qadimgi Şarq va Ğarb tamaddunlarida alohida eʼtibor qozondi. Yunonlar uşbu toşga işqalanganda yengil jismlarni öziga tortiş xususiyatiga qarab “elektron” deb nom berdi. Şarq tabiatşunosligida esa mazkur maʼdan butunlay boşqaça mantiqiy silsila asosida muomalaga kirdi.
Buyuk qomusiy alloma Abu Ali ibn Sino öz qaydlarida qahraboning mayda zarralarni öziga çorlaş xususiyatini tasvirlar ekan, uni arabça “solibu-t-tibn”, yaʼni “somon öğrisi” deya taʼriflagan. Keyinçalik Zakariyo Qazviniy kabi örta asr qomusçi olimlari ham bu qaraşni rivojlantirib, sözni “jozibu-t-tibn” – “somonni öziga tortuvçi” tarzida şarhladilar. Natijada köp asrlar mobaynida forsiy “qahrabo” atamasi bevosita “kah” (somon) va “rubo” (öğirlovçi, tortuvçi) sözlaridan yasalgan degan qatʼiy xulosa hukmron bölib keldi.
Biroq yozma manbalarni qiyosiy tahlil qiliş mazkur keng tarqalgan qaraş aslida sözning tub maʼnosini pardalab qöyganini körsatdi. Tilşunos olim, akademik M.N.Bogolyubov özining qahraboning forsiy nomi tarixiga bağişlangan tadqiqotida uşbu masalaga yangiça ilmiy asos bilan yondaşadi. Olimning kuzatuviga köra, qadimgi xalqlar moddiy jismlarni nomlaşda ularning murakkab fizikaviy xossalaridan köra, avvalo taşqi körinişi va rangini boş mezon qilib olgan. Qahraboning eng yorqin fazilati uning oç sariqdan tortib, töq sarğiş va jigarranggaça bölgan tovlanişidir.
Akademik M.N.Bogolyubov öz ilmiy izlanişlarida sözning birinçi qismi “somon” emas, qadimgi eroniy tillarda töq sariq, qönğir hamda töriq ranglarni ifodalagan “kadru” sifati bilan boğliq ekanini taʼkidlaydi. Uşbu söz qadimgi hind-eron muhitiga taalluqli bölib, qadimgi veda matnlarida “töriq” va “qizğiş-qönğir” maʼnolarini anglatgan. Ayni paytda qadimgi “Avesto” yodgorligida uçraydigan “Kadrva aspa”, yaʼni “töriq otlarga ega toğ” nomi ham bu tuşunçaning Markaziy Osiyo xalqlari luğatida çuqur örin tutganini körsatadi.
Qadimgi “kadru” sözining keyingi til tizimlariga ötiş bosqiçlari muayyan fonetik qonuniyatlarga böysungan. Olimning tahliliga köra, söz tarkibidagi tovuşlar birikmasi tarixiy taraqqiyot jarayonida yumşab, özgarişga uçragan. Xuddi şunday til hodisasi qimmatbaho toşni anglatuvçi “gavhar” sözining tarixida ham kuzatiladi. Diqqatga sazovor jihati şundaki, mazkur tovuş siljişi qadimgi Xorazm tili yodgorligi hisoblangan maşhur “Muqaddimat al-adab” asari luğatida ham aniq qayd etilgan. Bu esa fonetik jarayonning bevosita hozirgi Özbekiston hududidagi qadimgi til muhiti bilan uzviy boğliq bölganini yaqqol tasdiqlaydi. Uşbu özgarişlar oqibatida “kadru” özagi keyingi davrlarda otlarning töriq tusini ifodalovçi “kahar” şaklida saqlanib qoldi.
Qahrabo sözining ikkinçi bölagi ham muhim luğaviy dalilga tayanadi. Qadimgi til qatlamlarida “rupa” sözi qiyofa, köriniş, tus, rang yoki öziga xos belgi maʼnolarini bildirgan. Bu ifoda qadimgi yozma yodgorliklardagi taşqi köriniş va rang tuşunçasi bilan bir xil ildizga ega. Demak, maʼdan dastlab ikki sözning birikuvidan iborat “kadru-rupa”, yaʼni “sarğiş-qönğir tusli”, “jigarrang körinişga ega bölgan toş” tarzida atalgan. Vaqt ötişi bilan nutqda böğinlarning ixçamlaşuvi natijasida “kadru-rupa” birikmasi qisqarib, avval “kadrupa”, söngra tovuş almaşinuvi oqibatida “qahrabo” şakliga kirgan.
Biroq asrlar ötib, “rupa” sözi mustaqil luğaviy birlik sifatida muomaladan çiqib ketdi. Söz öz asl ildizidan uzilgaç, aholi uning maʼnosini kundalik hayotda tuşunarli bölgan sözlar vositasida izohlaşga intildi. Tilşunoslikda “xalq etimologiyasi” deb ataluvçi bu hodisa tufayli sözning boş qismidagi böğin forsiy “somon” söziga, yakuniy qismi esa toşning yengil jismlarni tortiş xususiyatiga moslandi. Şu tariqa aslida maʼdanning jilvakor rangini ifodalagan nom uning öziga tortiş xususiyatiga oid atamaga aylanib qoldi. Bu qaraş öşa davrdagi magnit maʼdanini anglatuvçi “ohanrabo” (temir tortuvçi) hamda köppakni ifodalovçi “ustuxonrabo” (suyak tortuvçi) kabi sözlar taʼsirida yanada mustahkamlandi.
Bu ilmiy masala qadimgi yozma manbalarda muhrlangan şaxs nomlari orqali ham tasdiğini topadi. Akademik M.N.Bogolyubov körsatib berganidek, qadimgi Persepol lavhalarida uçraydigan ismlarni “kad(ru)-rupa” tarzida öqiş ilmiy jihatdan töğri hisoblanadi. Bu esa mazkur atamaning asl negizida somonni tortiş emas, sarğiş-qönğir rang belgisi yotganini yana bir bor isbotlaydi.
Mazkur nomlaniş keyinçalik suryoniy va arab tillariga ham qabul qilinib, keng ilmiy muomalaga kirdi. Zamonaviy arab tilida “kahraba” sözining elektr tuşunçasini anglatişi bevosita örta asrlarda Abu Ali ibn Sino singari qomusiy allomalar merosi bilan tutaşadi. Qadimgi bir maʼdan nomining tadriji tabiat hodisalarini anglaş yölida Markaziy Osiyo tamadduni qançalik boy va çuqur ilmiy asoslarga tayanganini körsatuvçi yorqin dalildir.
Alişer Egamberdiyev tayyorladi,
ÖzA