Özbekiston – bağrikeng diyor
Nukusda Xalqaro bağrikenglik kuni munosabati bilan “Özbekiston - bağrikeng diyor” şiori ostida xalqaro madaniy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi.
Jamiyatda millatlararo totuvlik va bağrikenglikni taʼminlaş, döstlik muhitini va köp millatli katta yagona oila tuyğusini mustahkamlaş, yoşlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraş ruhida tarbiyalaş, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalarni kengaytiriş maqsadida ötkazilgan tadbir avvalida qardoş xalqlar yozuvçi, şoir va rassomlarning badiiy asarlari körgazmasi namoyiş etildi.
Şundan söng Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Alişer Allaniyazov, Qoraqalpoğiston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramatdin Razov, Qoraqalpoq davlat universiteti professori Roza Kenjebayeva sözga çiqib, mazkur tadbirning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga töxtaldi.
[gallery-32741]
Taʼkidlanganidek, BMT Boş Assambleyasining qaroriga muvofiq, 1997-yildan buyon butun dunyoda har yili 16-noyabr “Xalqaro bağrikenglik kuni” sifatida nişonlanib kelinadi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2019-yil 15-noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida Özbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi farmoni ijrosi doirasida yurtimizda har yili “Bağrikenglik haftaligi” taşkil etiladi.
Haftalik doirasida turkum madaniy-maʼrifiy tadbirlar, jumladan, “Biz – yagona xalqmiz!”, “Diniy maʼrifat va millatlararo bağrikenglik – jamiyat barqarorligi garovi”, “Özbekiston – umumiy uyimiz” mavzularida madaniy tadbirlar, qardoş xalqlar yozuvçi, şoir va rassomlari asarlarining körgazmalari, turli sport musobaqalari hamda körik-tanlarlar ötkazilmoqda. Haftalik doirasida taşkil etiladigan tadbirlar aholi, ayniqsa yoş avlodni Orolböyida yaşab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini saqlaş hamda rivojlantirişga, mamlakatimiz taraqqiyotiga öz hissasini qöşişga, jamiyatda köp millatli katta oila tuyğusini, millatlararo totuvlik hamda diniy bağrikenglikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollari “Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining “Faxriy yorliği” bilan taqdirlandi.
Turli millat vakillarining kuy-qöşiqlari tadbirga yanada kötarinkilik bağişladi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA