Maʼrifiy taşabbuslar yölida bir uyğoq ziyoli ming qalbni yoritadi
Yoşlarni ilmga va vatanparvarlikka çorlamoqçi bölgan ziyoli avvalo özi uyğoq bölişi şart. Behbudiy, Fitrat, Avloniy va ularning safdoşlari tarbiyani millatning yaşaş yoki yöqoliş masalasi deb bilgan.
Ularni tarix xotirasida tirik saqlab qolgan narsa balandparvoz şiorlar emas, şaxsiy namuna va hayotiy jurʼat edi. Bugungi maʼrifiy muhit ham ayni şu mezon oldida turibdi.
Ötgan oylarda mamlakatning barça hududlari va Toşkent şahrida Ziyolilar kengaşi muloqotlari ötkazildi. Ularda ikki mingdan ortiq ziyoli iştirok etib, mingga yaqin taklif bildirdi. Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida esa kengaşning respublika yiğilişi ötkazildi. Unda yettita şöʼba işlab, özbek tili, milliy tarbiya, raqamli taraqqiyot, taʼlim va tibbiyot kabi yönalişlar atrofliça muhokama qilindi.
Raqamlar salmoqli, ammo ularning özi hali natija degani emas. Jamiyatda faol ziyolilar köpligi quvonarli, lekin katta kuç faqat har bir mutaxassisning qölidan nima iş kelişini aniq bilib, uni öz örniga qöygandagina samara beradi. Qaysidir olim yoki ijodkorning salohiyatini bila turib, undan yurt va yoşlar manfaati yölida foydalanmaslik şunçaki sustkaşlik emas — öz imkoniyatimizga nisbatan masʼuliyatsizlikdir.
Taklif qoğozda emas, hayotda tuğiladi
Muloqotlarda örtaga taşlangan taşabbuslar haqiqiy ziyolining nigohi qayerga qaraganini körsatadi. U iş kabinetidan körinmaydigan hayotiy dardni ilğaydi.
Masalan, tuğruqxona va oilaviy poliklinikalar orqali har bir çaqaloq oilasiga «Ilk kitobim» töplamini sovğa qiliş taklifini olaylik. Bu oddiy esdalik emas. Yoş ota-ona farzandini bağriga olgan ilk kunlardanoq uyiga kitob kirib keladi. Mutolaa madaniyati bolaning hayotiga maktab ostonasidan emas, beşik yonidan boşlanadi.
Olis çöl hududlaridagi öquvçisi kam maktablar uçun masofaviy tayanç maktab modelini joriy etiş taşabbusi esa yana bir oğriqli voqelikka işora qiladi. Beş-olti bola öqiydigan çekka ovul maktabida fizika yoki ingliz tili öqituvçisi bölmasligi mumkin. U yerdagi bolalar tengdoşlaridan qolişmaydigan darajada isteʼdodli, faqat ularni yetaklaydigan ustoz yetişmaydi. Bunday aniq muammo va yeçimni poytaxtda ötirib emas, öşa ovulda yaşab, bolalarga dars bergan muallimgina köra oladi.
Aslida ziyolining jamiyat oldidagi vazifasi ham şunda. Umumiy norozilik yoki baland şior bilan çeklanmay, aniq inson taqdiri va amaliy yeçimni örtaga qöyiş. Buning uçun voqea va ijtimoiy jarayonlarning içki mohiyatini çuqur anglab, uni odamlarga tuşunarli tilda yetkaziş mahorati talab etiladi. Prezidentimiz ziyolilar faoliyatida xöjakörsin, tadbirbozlik va sustkaşlikka yöl qöyib bölmasligini bir neça bor taʼkidlaganining tub sababi ham şu. Muammoning ildizini körmay turib, unga prinsipial yeçim topib bölmaydi.
Taşabbus qoğozdan hayotga köçganda
Maʼlum sabablarga köra muloqot maydonida bevosita qatnaşa olmagan bölsam-da, yetti şöʼbadagi bahs va takliflarni diqqat bilan kuzatib bordim. Ular orasida oddiy odamlarning kundalik hayoti va milliy tafakkur kelajagiga bevosita daxldor bir neça yönaliş alohida ajralib turadi.
Avvalo, davlat tilida ilmiy va badiiy adabiyotlar yaratişni rağbatlantiriş hamda hududlardagi kutubxonalar faoliyatini qayta tiklab, moddiy qöllab-quvvatlaş taklifi muhim. Çunki tuman yoki qişloqda işlab turgan jonli kutubxona — oddiy bino emas, yoşlarning böş vaqti va dunyoqaraşi şakllanadigan maskan. Şu bilan birga, tarixiy xotirani asraş, Movarounnahr allomalari merosini zamonaviy talqinda xalqaro maydonga olib çiqiş taşabbusi milliy özlikni ötmiş bilan faxrlaniş doirasidan çiqarib, dunyo bilan teng muloqot vositasiga aylantirişga xizmat qiladi.
Raqamli taraqqiyot va zamonaviy mediamakon şöʼbasida kötarilgan masalalar esa bugun har bir xonadonga smartfon orqali kirib kelgan reallik bilan boğliq. Axborot makonida milliy manfaatlarni himoya qiliş, raqamli savodxonlikni oşiriş, sifatli, tahliliy va maʼrifiy milliy kontent uluşini köpaytiriş, şuningdek, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan taʼlim hamda madaniyat sohalarida oqilona foydalaniş bugungi avlod tarbiyasida keçiktirib bölmaydigan şartlardir.
Nasihat emas, namuna
Psixologiyadagi ijtimoiy örganiş nazariyasi inson eşitganidan köra köproq kuzatganidan saboq olişini tasdiqlaydi. Yoşlar ham ziyolining baland minbardagi söziga emas, xatti-harakati va munosabatiga qaraydi. Buni ön yillik pedagogik tajribamdagi bir voqea yana bir bor esga soladi.
Kuzning salqin tonglaridan birida qölimda Navoiy ğazallarining arab imlosidagi eski toşbosma nusxasi solingan jild bilan auditoriya tomon borardim. Ikkinçi qavat derazasi oldida yelkalari çökkan, xayolga çömib turgan ikkinçi kurs talabasi Sardorga közim tuşdi. U bilimdon yigit edi, ammo köpçilik oldida fikrini aytişga kelganda tortinib, sözi böğziga tiqilib qolar, köpinça sukutni afzal körardi.
Dars mavzusi nutq madaniyatining nozik qirrasi — sözning botiniy maʼnosini anglaş, yaʼni germenevtik tahlil va uning eski özbek yozuvidagi ifodasi edi. Yozuv taxtasiga arab imlosida bir bayt yozib, uning zohiriy maʼnosidan taşqari şoir dilidagi dardni şarhlab berişni söradim.
Auditoriya jim bölib qoldi. Hamma daftariga tikilgan. Orqa qatordagi Sardor qalamini asabiy aylantirar, gapirişga çoğlanib, yana ikkilanib töxtab qolardi. Uning yuzida xato öqib qöyiş va tutilib qoliş hadigi yaqqol sezilardi.
Odatdagidek «qörqmang, xato qiliş ayb emas» deb nasihat qiliş oson edi. Ammo qörquvni pand bilan emas, jonli harakat va işonç bilan yengiş mumkin. Yozuv taxtasidan uzoqlaşib, töğri Sardorning yonidagi böş örindiqqa ötirdim. Qölimdagi eski toşbosma kitobni uning oldiga qöydim-da, harflarni barmoğim bilan körsatib, ataylab sekin va bir oz tutilib öqiy boşladim. Bir söz ustida töxtadim.
— Mana bu yerdagi nuqtalar öçib ketibdi, — dedim past ovozda, xuddi yordam sörayotgandek. — Sardor, yoşlarning közi ötkir böladi, qarang-çi, bu «bo» harfimi yoki «nun»mi?
Professorning minbardan tuşib, yoniga ötirişi va maslahat söraşi Sardorni avvaliga dovdiratib qöydi. Söng u beixtiyor kitobga engaşdi.
— Domla, mana bu ilgagiga qaraganda, bu «bo» emas, «yo» harfiga öxşaydi. Şunda söz «biyobon» bölib öqiladi, — dedi u bir oz titroq ovozda.
— Yaşang! — dedim kitobni unga yaqinroq surib. — Demak, şoir sahroni nazarda tutyapti. Endi özingizni öşa sahroda yolğiz qolgan yölovçi deb tasavvur qiling. Bu bayt sizga nima deyapti? Menga emas, mana şu kitobdagi muallifga javob bering.
Jim qoldim. Sardor sahifaga tikilgança avval past ovozda, söng tobora dadil gapira boşladi. Endi u auditoriyadagi öttiz juft közdan ham, ustoz nigohidan ham çöçimas — qarşisidagi qadimiy matn bilan suhbatlaşayotgan edi. Baytdagi «sahro» aslida insonning öz nafsi va yolğizligi ekanini şu qadar teran tahlil qildiki, xonadagilar nafas yutib tingladi.
U gapini tugatgaç, ortiqça maqtov ham, nasihat ham aytmadim. Faqat toşbosma kitobni unga uzatib:
— Keyingi sahifasini uyda körib çiqarsiz, kelasi darsni sizning tahlilingiz bilan boşlaymiz, — dedim-da, öz örnimga qaytdim.
Öşa kuni Sardorning yelkalari tiklandi. U notiqlik sözlarni çiroyli teriş emas, matn ruhiga kirib, özligini unutiş ekanini angladi. Ustozning eng taʼsirli maʼruzasi minbardan aytilgan gap emas, talaba bilan bir partaga ötirib, unga tengdoşdek qöl uzatgan lahzasidir.
Tadbir soni emas, tafakkur darajasi
Haqiqiy tayanç ziyolini unvon yoki diplom emas, amaliy qiyofasi tanitadi. Sözi bilan işi uyğun, kasbida puxta va izlanişdan töxtamaydi, Vatan taqdirini öz dardi deb biladi, muammoni sanaş bilan çeklanmay yeçim taklif etadi, bilimini boşqalarga ötkaza oladi va voqelikni sodda, tuşunarli tilda oçib beradi.
Bugungi maʼrifiy strategiya uç asosiy tayançga suyanadi. Yodlaydigan emas, fikrlaydigan va savol beradigan avlodni tarbiyalaş. Milliy özlikni asragan holda dunyoga oçiq böliş. Ilmni hayotga boğlaş — çunki bilim amaliyotda sinalgandagina çinakam qadr topadi.
Bu uç tayançning amalda işlaşi uçun esa yana bir taşkiliy şart zarur. Har bir ziyoli özi eng köp foyda keltira oladigan joyda faoliyat yuritişi kerak. Şundagina natija ötkazilgan tadbirlar soni bilan emas, yoşlarning fikrlaş va ijod darajasi bilan ölçanadi.
Yangi Özbekiston ruhi va Uçinçi Renessans ğoyasi qoğozlarda yoki minbarlarda emas, çekka ovulda ustoz kutayotgan bolaning közlarida, çaqaloq beşigi yoniga qöyilgan ilk kitobda va ikkilanib turgan talabaning tiklangan yelkalarida jonlanadi.
Bir köça ham bir kunda yorişmaydi. Xuddi Behbudiy, Fitrat va Avloniylar baland şior bilan emas, şaxsiy namunasi bilan yöl oçgani kabi, bugun ham ziyoli avvalo özi ilm, mehnat va vijdon bilan uyğoq yursa, uning ortidan minglab çiroqlar öz-özidan yona boşlaydi.
Rahimboy Jumaniyozov,
pedagogika fanlari doktori,
«Maʼrifat» tarğibotçilar jamiyati aʼzosi.
ÖZA