Ijod uning umr mazmuni edi
Maşrab Boboyevning adabiy portretiga çizgilar
Ustoz ijodkor Maşrab Boboyev hayot bölganida şu kunlarda tabarruk 85 yoşni qarşilagan bölardi. Serqirra qalamkaş nazmu nasrda ham, dramaturgiyada ham, tarjimada ham öz ovoziga ega edi. Baʼzan bir şoirning misralarida yaşiringan tuyğular uning pesalarida qahramonlar taqdiriga aylansa, tarjimalarida özga xalqlarning dardu orzulari bilan tutaşardi. Göyo sözning har bir imkoniyatidan foydalanib, hayotning turfa manzaralarini qalamga olişga intilgan. Şu bois Maşrab Boboyev ijodiy merosiga nazar taşlaganda, bir emas, bir neça adabiy olam bilan yuzlaşamiz.

Adib 1941-yil 20-noyabrda Samarqand viloyatida tuğilgan. Bolalik yillari xalq hayoti, qişloq odamlarining mehnati, turmuş taşvişlari va samimiy munosabatlari içida keçdi. 1958-1960-yillarda madaniy-maʼrifiy bilim yurtida tahsil oldi. Keyin Toşkent davlat sanʼat institutining aktyorlik fakultetini tamomladi. Bu taʼlim uning ijodiy kamolotiga katta taʼsir körsatgan. Aktyorlik maktabi inson ruhiyatini anglaş, qahramonning içki keçinmalarini his etiş, sözning sahnadagi taʼsir kuçini tuşuniş imkonini beradi. Keyinçalik dramaturg sifatidagi muvaffaqiyatlarida ham ana şu tajribaning samarasi körinadi.
Maşrab Boboyev adabiyotga şeʼriyat orqali kirib keldi. 1971-yilda çop etilgan «Onamga xat» nomli ilk şeʼriy töplami uning ijodiy ovozini kitobxonlarga tanitdi. Keyin «Bahor kayfiyati» (1974), «Gurung» (1975), «Keçki trolleybus» (1977), «Bağişlov» (1978), «Olisdagi çiroq» (1980), «Söz» (1982), «Men bilgan sir» (1990), «Qani mening yulduzim?» va «Nomsiz yulduzlar» (1991) kabi şeʼriy kitoblari naşr etildi.
Uning şeʼriyatida hayotning oddiy manzaralari ortidagi katta maʼnolarni ilğaşga intiliş bor. Ona mehri, muhabbat, vafo, inson qadri, umrning ötkinçiligi, ezgulik va kelajakka işonç, sabr va matonat, savobli yumuşlarga çorlov şoirning qalbiga yaqin mavzular edi. U şeʼrni şunçaki qofiya va vazn uyğunligi emas, insonning içki dunyosini ifodalaş vositasi deb bildi. Şuning uçun ham yozgan misralarida samimiylik, hayotiylik va insonga yaqinlik ustuvor.
Ayni paytda çuqur falsafani ham köramiz:
Maʼrufdir, avomdir, oqdir, qoradir,
Zolimdir, zulmdan bağri poradir –
Uçga bölinadi odam millati.
Biri: qoyadagi jayronday sergak,
Tahlikasi, mehri – umriga bezak,
Bardoşi çöng qoya – ona millati.
Ikkinçisi: turgan-bitgani ğalva,
Nazarida dunyo – misli bir holva,
Mengzari yöq podşo – bola millati.
Yaxşi, yomon, kami, oşiği bilan,
Halol, harom, yolğon-yaşiği bilan –
Qolgan barça odam bitta millatdir.
Maşrab Boboyev bolalar adabiyotida ham samarali ijod qildi. «Paxtam mening — baxtim mening» (1975) şeʼriy töplami uning yoş kitobxonlarga bağişlangan asarlaridan biridir. Bu kitobda bolalar dunyosiga xos samimiyat, mehnatga hurmat, ona yurtga muhabbat va ezgu orzular ifodasini topgan. Adibning bolalarga murojaat qilişi uning ijodiy doirasi kengligini yana bir bor körsatadi.
Biroq Maşrab Boboyevning adabiyotimizdagi öziga xos örnini belgilaydigan muhim jihatlardan biri uning dramaturgiyasidir. Aktyorlik taʼlimini olgan ijodkor sahnaning içki tabiatini, qahramonlar örtasidagi munosabatlarning qanday rivojlanişini, dialogning taʼsir kuçini juda teran his qilardi. Uning «Öttiz yoşlilar», «Yer tomiri», «Gurung», «Sirtmoq», «Yaşasin afandi», «Onaizor», «Muşkul savdo», «Öz uyingdasan», «Suyanç toğlari», «Qani mening yulduzim?» kabi sahna asarlari dramaturg sifatidagi izlanişlari serqirra va keng qamrovli bölganidan dalolat beradi.
Dramaturg asarlarida hayotning turfa manzaralari, odamlar örtasidagi munosabatlar, oilaviy va ijtimoiy muammolar, maʼnaviy qadriyatlar qalamga olinadi. Uning qahramonlari hayotdan uzilgan, sunʼiy obrazlar emas, balki öz davrining odamlari, öz taşviş va orzulari bilan yaşaydigan insonlardir. Ayniqsa, komediyalarida kulgi ortidan turmuşdagi nomuvofiqliklar, inson tabiatidagi ayrim nuqsonlar va jamiyatdagi illatlarga munosabat bildiriladi. U kuldiriş bilan birga öylantirişni ham maqsad qilgan.

Adibning nasriy ijodi haqida söz ketganda, uning hikoya va qissalarini ham eslaş lozim. «Keçki trolleybus» hikoyalar töplami, «Gurung» qissa va hikoyalari, «Tuproq hidi» kabi asarlari uning nasrdagi izlanişlarini namoyon etadi. Bu asarlarda ham ijodkorning inson taqdiriga qiziqişi, hayotning oddiy köringan voqealari ortidan maʼno izlaşi seziladi. Uning nasrida kuzatuvçanlik, hayotiy tafsilotlarga eʼtibor va inson ruhiyatini anglaşga intiliş muhim örin tutadi.
Maşrab Boboyevning ijodiy faoliyati adabiyot bilan çeklanib qolmadi. U kino va televideniye sanʼatida ham samarali mehnat qildi. «Iroda» telespektakli, «Köngil köçalari» köp qismli videofilmi, «Sevgi nidosi» kabi ekran asarlarining ssenariylari uning bu sohadagi riyozati natijalaridir. Ayniqsa, «Köngil köçalari» teleseriali öz davrida tomoşabinlar katta eʼtiborini qozondi. Alişer Navoiyning «Sabʼai sayyor» dostoni asosida yaratilgan «Sevgi nidosi» milliy baleti esa mumtoz adabiyot merosini ekran sanʼati imkoniyatlari bilan uyğunlaştirişga intilişning yorqin namunasidir.
Maşrab Boboyev ijodining yana bir salmoqli yönalişi — tarjimonlik. U özbek kitobxonini jahon adabiyotining turli namunalari bilan taniştirişga munosib hissa qöşdi. Puşkin va Rasul Hamzatov şeʼrlarini özbek tiliga tarjima qildi. Valentin Katayevning «Xayol çeçaklari» romani, Muin Bsisuning «Taşrif qoğozi» şeʼriy töplami, Otar Çiladzening «Rangin dunyo» şeʼriy kitobi ham uning tarjimonlik mehnati samaralaridandir. Şu bilan birga, adib yigirmadan ziyod dramatik asarni özbek tiliga ögirgan.
Tarjimonlik uning uçun faqat tillar örtasidagi vositaçilik emas, balki xalqlar qalbini bir-biriga yaqinlaştiriş yöli ham edi. Çunki har bir asar ortida muayyan xalqning tarixi, madaniyati, dunyoqaraşi va maʼnaviy tajribasi turadi. Maşrab Boboyev ana şu badiiy olamni özbek tilida qayta yaratişga intildi. Bu esa uning adabiyotga munosabati naqadar keng va masʼuliyatli bölganini körsatadi.
Uning hayot yöli ijodiy izlanişlar bilan bir qatorda jamoatçilik va taşkilotçilik faoliyati bilan ham boğliq keçdi. Maşrab Boboyev dastlab viloyat matbuotida işlab, 1967-yilda Toşkentga keldi. «Yoş gvardiya» naşriyotida muharrir, respublika radiosida muharrir va rejissyor bölib faoliyat yuritdi. Keyinçalik «Şarq yulduzi» jurnalida, Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotida, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida, Madaniyat işlari vazirligida işladi. Hamza nomidagi teatr va Yoş tomoşabinlar teatrida faoliyat körsatdi. Umrining sönggi yillarida Özbekiston Milliy axborot agentligida – ÖzA jamoasida tarjima tahririyatining boş muharriri vazifasida mehnat qildi.
Uning adabiyot va madaniyat sohasidagi xizmatlari munosib eʼtirof etilgan. Adib 1995-yilda «Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Bu eʼtirof uning köp yillik ijodiy va maʼnaviy faoliyatiga berilgan munosib baho edi.
Maşrab Boboyevning adabiy merosi, turli janrlarda yaratgan asarlari, tarjimalari va ekran sanʼatidagi işlari ijodkor şaxsiyatini örganişda muhim manba bölib qolmoqda.
Maşrab Boboyev ijodiga yaxlit nazar taşlar ekanmiz, uning bir janrdan ikkinçisiga ötişi şunçaki ijodiy tajriba emas, balki hayotni yanada kengroq anglaşga intiliş ekanini his qilamiz. U şeʼriyatda köngil keçinmalarini, nasrda inson taqdirini, dramaturgiyada zamon va odamlar munosabatini, tarjimada esa xalqlar örtasidagi maʼnaviy yaqinlikni ifodalaşga harakat qilgan edi.
Nazokat USMONOVA, ÖzA muxbiri