Özbekiston - AQŞ: neft-gaz sohasida investitsiyaviy hamkorlik rivojlantiriladi
Neft-gaz sanoatini rivojlantiriş, işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş va istiqbolli loyihalarni amalga oşirişda xalqaro investitsiyalarni jalb etiş muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada nufuzli xalqaro moliyaviy institutlar va investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantiriş alohida örin tutadi.
“Özbekneftgaz” AJda AQŞning yirik xalqaro moliyaviy korporatsiyalaridan biri bölgan “Citi” banki hamda yetakçi xalqaro investitsiya kompaniyalari vakillari bilan ötkazilgan uçraşuvda mazkur yönalişdagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvda tomonlar özaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Muloqot davomida Jamiyatning moliyaviy holati va işlab çiqariş körsatkiçlari, uglevodorodlarni qazib oliş hajmlari, geologiya-qidiruv işlari natijalari hamda qayta işlaş quvvatlarini modernizatsiya qilişga qaratilgan loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Taʼkidlaş joizki, “Citi” banki köp yillik tarix va boy moliyaviy tajribaga ega yirik xalqaro moliyaviy korporatsiya bölib, 1812-yilda AQŞning Nyu-York şahrida taşkil etilgan. Boş qarorgohi ham mazkur şaharda joylaşgan bank korporativ va investitsiya bank xizmatlari, xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar, kapital jalb qiliş hamda yirik investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş yönalişlarida faoliyat yuritadi. Bugungi kunda bank dunyoning köplab mamlakatlarida mijozlarga moliyaviy xizmatlar körsatib, jamiyat va iqtisodiyot rivojiga hissa qöşib kelmoqda.
Şuningdek, muloqotda investitsiya dasturi, uni moliyalaştiriş manbalari, qarz yukini samarali boşqariş, likvidlik holati va xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jamiyat axborot xizmatiga köra, uçraşuv yakunida tomonlar özaro muloqotni davom ettiriş va hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga kelişib oldi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA