O‘zbekiston aholisi yosh va mehnat salohiyati yuqori mamlakat sifatida shakllanmoqda (+video)
Aholining yosh tarkibi O‘zbekistonda mehnat bozori, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni rejalashtirish uchun muhim demografik asos hisoblanadi.
2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakat aholisining median yoshi 30,0 yoshni tashkil etdi. Eng yirik yosh guruhi 31–59 yoshdagilar bo‘lib, ular soni 13,2 mln nafarga yetdi.
Bolalar va yoshlar ulushi ham yuqori. 0–4 yoshdagilar 4,37 mln, 5–13 yoshdagilar 6,12 mln, 14–30 yoshdagilar 9,64 mln nafarni tashkil qildi.
Mehnat yoshi bo‘yicha tarkibda aholining 56,4 foizi mehnat yoshida, 32,0 foizi mehnat yoshidan kichik, 11,6 foizi mehnat yoshidan yuqori guruhga to‘g‘ri keladi.
Ayollar orasida mehnat yoshidan yuqori aholi ulushi 14,8 foiz bo‘lib, bu ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash siyosatini rejalashtirishda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Batafsil: <iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/s8PFC2fKB6k" title="O‘zbekiston aholisi yosh va mehnat salohiyati yuqori mamlakat sifatida shakllanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA