O‘zbek futboli qachon yuksaladi?
Diqqat, O‘zA so‘rovnomasi!
Mamlakatimizda jahon futbolidagi biri-biridan qiziqarli o‘yinlarni tunlarni tonglarga ulab tomosha qiladiganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ammo, bevosita O‘zbekiston futboliga kelganda shiddatimiz pasayadi. Bizning futbol yuksak darajaga ega bo‘larmikan, degan orzu-o‘yga toldiradi.
Darhaqiqat, O‘zbek futboli ham zavqu-shavqqa, shiddatkor o‘yinlarga boy damlarni tortiq etadimi, bizda ham dunyoning gigant futbol jamoalaridek jamoalar shakllanadimi, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovskiy, Karim Benzema, Muxammad Salox kabi futbolni san’at darajasiga chiqara olgan o‘yinchilar yetishib chiqadimi?
Keling, millionlab futbol ishqibozlari o‘rtasida muhokama qilinayotgan mazkur muammolarga birgalikda javob izlaylik.
Savol bitta: Nima qilish kerak?
Haqiqat fikrlarda tug‘iladi.
Mulohaza, tahlil, va takliflaringizni kutamiz.
Javoblar uchun elektron pochta manzilimiz: @uzataklif_bot