Osiyo o‘yinlari: Humoyun Sultonov bronza medali sohibi
Yaponiyada o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlarining tennis bo‘yicha yakkalik bahslarida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida yarim finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Natijada O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16 ta oltin, 21 ta kumush, 20 bronza jami 57 taga yetdi. Ayni damda delegatsiyamiz umumjamoa hisobida hamon to‘rtinchi o‘rinda qolmoqda.


Javohir Toshxo‘jayev,
Sarvar O‘rmonov (surat),
Yaponiya
O‘zA