Osiyo kubogi: futbolchilarimiz final ostonasida Yaponiya bilan jang qiladi
Caudiya Arabistonida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining chorak final uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi va yarim finalga yo‘l olgan 4 ta terma jamoa nomi aniq bo‘ldi.
Quvonarlisi, chorak finalda O‘zbekiston U17 terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning asosiy vaqtida hisob 2:2 ko‘rinishini oldi. Natijada, g‘olib jamoani penaltilar seriyasida aniqlanshga to‘g‘ri keldi. Futbol lotoreyasida vakillarimiz 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi.

Shuningdek, mazkur bosqichdagi yana bir o‘yin Vetnam — Avstraliya terma jamoalari o‘rtasida o‘tdi. Unda avstriyalik futbolchilar raqiblarini 3:0 hisobida taslim etdi.

Shu tariqa, 19-may kuni Osiyo kubogining yarim finalida O‘zbekiston — Yaponiya, Avstraliya — Xitoy terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA