Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatlar
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Pxenyan shahrida oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida oʻtgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Pxenyan shahrida oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida oʻtgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Chempionatning vazni 64 kilogrammgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan bahslarida hamyurtimiz Kumushxon Fayzullayeva uch yoʻnalishda oltin medalni qoʻlga kiritdi.
17 yoshli Kumushxon dast koʻtarishda 97 kilogramm, siltab koʻtarishda esa 125 kilogramm, ikki kurash natijasiga koʻra 222 kilogramm natija bilan qitʼa chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u bu natija bilan oʻsmirlar oʻrtasida dast koʻtarishda oʻziga tegishli jahon rekordini takrorlagan boʻlsa, siltab koʻtarish va ikki kurash boʻyicha yangi jahon rekordini oʻrnatishga muvaffaq boʻldi.
Musobaqaning ikki kurash natijasiga koʻra Tursunoy Jabborova, Asadbek Narimanov, Muhammadqodir Toshtemirov, Doniyor Hamidov, Azimjon Hojiyev oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, Nigora Abdullayeva, Ogʻabek Toʻxtayev, Sarvarbek Zafarjonov va Mirhosil Mirzabayev kumush, Layloxon Xursanova, Nigora Suvonova, Dolera Davronova hamda Hojiakbar Olimov bronza medalga ega boʻldi.
Shu tariqa, Osiyo birinchiligida umumjamoa hisobida yigitlarimiz ikkinchi pogʻonaga koʻtarilgan boʻlsa, qizlarimiz kuchli uchlikdan oʻrin egalladi.