Orolböyida Davlat bayroği kuni keng nişonlanmoqda
Nukus şahri markazidagi Özbekiston Respublikasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi davlat bayroqlari örnatilgan maydonda “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötdi.
Unda davlat va jamoat taşkilotlari, huquqni muhofaza qiliş organlari vakillari, yoşlar va keng jamoatçilik iştirok etdi.

Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi örinbosari R.Nurazizov sözga çiqib, yiğilganlarni bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi. Davlat bayroği xalqimizning milliy ğururi, mustaqilligi, birdamligi va ezgu maqsadlar timsoli ekani qayd etildi. “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida ötkazilayotgan umumxalq bayroği estafetasi Qoraqalpoğistondan boşlanib, Toşkent şahrigaça yetib borgani alohida taʼkidlandi.

Taʼkidlaş joizki, uşbu estafeta xalqimizni yagona Vatan, muştarak qadriyatlar va uluğvor maqsadlar atrofida birlaştiriş, yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat va davlat ramzlariga hurmat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Davlat bayroğimiz doimo yuksaklarda hilpirab, yurtimiz tinçligi, xalqimiz hamjihatligi va mamlakatimiz taraqqiyotining yorqin timsoli bölib qoladi.
Tadbir sanʼat ustalarining konsert dasturi bilan davom etdi.

Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar şahar va tumanlarda davom etmoqda.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri