O‘quvchilar jadid mutafakkirlarni yod etmoqda
Surxondaryo viloyatida umumta’lim maktablarining 6-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Jadidlar izidan” mamlakat tanlovining tuman, shahar bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
Kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ‘ib etib, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish, buyuk jadid ajdodlarimiz, yozuvchi va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan tadbirning Angor tumani bosqichi ham qiziqarli lahzalarga boy bo‘ldi.


Unda tanlovning maktab va sektor bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 94 o‘quvchi test sinovi hamda savol-javoblar asosida o‘zlarining bilim, mahorat va qobiliyatini keng namoyish etdi.


Yakunda 6-8 sinflar o‘rtasidagi bahsda 44-maktab o‘quvchisi Mirjalol To‘xtamishev va 9-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida eng yuqori ball to‘plagan 3-maktab o‘quvchisi Ruxsora Ergasheva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri