Oq uy Argentina futbolchilarini qo‘llab-quvvatladi
AQSh hududida ular bunga haqli.
AQSh Oq uyi JCH–2026 davomida Argentina terma jamoasi futbolchilarining Folklend (Malvin) orollari masalasida o‘z pozitsiyasini bildirish huquqini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Sky News jurnalisti Rob Harrisning xabariga ko‘ra, Donald Tramp jamoasida Jahon chempionati bilan bog‘liq masalalar uchun mas’ul bo‘lgan Endryu Juliani bu AQSh Konstitutsiyasining birinchi tuzatishida kafolatlangan so‘z erkinligi bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
“Biz AQSHhKonstitutsiyasining Birinchi tuzatishi bilan kafolatlangan huquqlarga ishonamiz. Menimcha, final ajoyib o‘tadi. Bunday bayonotlar berish imkoniyatiga kelsak, AQSh hududida ular bunga haqli”, — dedi Juliani.
Shuningdek, u AQSh, jumladan Buyuk Britaniya hukumati tomonidan Argentina futbolchilarini jazolash haqidagi chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamasligini ham bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi JCH–2026 yarim finalida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng futbolchilar “Malvin orollari argentinaliklarga tegishli” degan yozuv tushirilgan banner bilan g‘alabani nishonlagan edi.
Avvalroq FIFA ushbu holat yuzasidan Argentina futbol federatsiyasiga nisbatan jarima qo‘llanishi mumkinligini ma’lum qilgandi.