Ispaniya va Argentina o‘zaro o‘yinlar tarixida muvozanat saqlanib turibdi
Qizig‘i shundaki, ushbu jamoalar o‘rtasidagi tarixdagi yagona rasmiy uchrashuv 1966-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida bo‘lib o‘tgan.
Bugun, 19-iyul kuni JCH–2026 finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv AQSHning Nyu-Jersi shtati, Ist-Raterford shahridagi «MetLife» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuvni sloveniyalik hakam Slavko Vinchich boshqaradi.
Jamoalarning so‘nggi beshta o‘zaro uchrashuvi:
27.03.2018. O‘rtoqlik uchrashuvi: Ispaniya – Argentina — 6:1;
07.09.2010. O‘rtoqlik uchrashuvi: Argentina – Ispaniya — 4:1;
14.11.2009. O‘rtoqlik uchrashuvi: Ispaniya – Argentina — 2:1;
11.10.2006. O‘rtoqlik uchrashuvi: Ispaniya – Argentina — 2:1;
17.11.1999. O‘rtoqlik uchrashuvi: Ispaniya – Argentina — 0:2.
Qizig‘i shundaki, ushbu jamoalar o‘rtasidagi tarixdagi yagona rasmiy uchrashuv 1966-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Argentina 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Umuman olganda, Ispaniya va Argentina shu kungacha 14 marta o‘zaro maydonga tushgan. Har ikki jamoa 6 tadan g‘alabaga erishgan, yana 2 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.
To‘plar nisbatida esa kichik ustunlik Ispaniya tomonida: 19:18.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempioni Argentina hisoblanadi.