O‘nta sun’iy intellekt tizimi ishga tushirilishi ma’lum qilindi
Prezidentimiz kelgusi yildan kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya kabi yo‘nalishlarda o‘nta sun’iy intellekt tizimi ishga tushirilishini ma’lum qildi.
– Bemorni masofadan kuzatish, nutq orqali kasallikni aniqlash va dori-darmon xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha yangi yechimlar joriy etiladi, – dedi davlatimiz rahbari.
Bu yechimlar tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi. Shifokorlar ishida yangi texnologiyalarni qo‘llashga e’tibor kuchaytiriladi.
Har bir viloyatda “Eng yaxshi AT operatori” va “Raqamli tibbiyotning eng yaxshi shifokori” tanlovlari o‘tkaziladi. G‘oliblar 100 million so‘mdan mukofot oladi.
O‘zA