Olimpiadaga yana bitta yo‘llanma
Xalqaro o‘q otish federatsiyasi tomonidan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vadim Skorovarovga Braziliyada bo‘ladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi berildi.
Xalqaro o‘q otish federatsiyasi tomonidan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vadim Skorovarovga Braziliyada bo‘ladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi berildi.Bu haqda Xalqaro o‘q otish federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga yo‘llangan maktubda ma’lum qilingan.
Vadim Skorovarov Kuvayt va Hindistonda o‘tgan Olimpiada yo‘llanmalarini beruvchi Osiyo saralash musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashib, pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan.