Olga Zabelinskaya uch karra Osiyo chempioni bo‘ldi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ayollar elita toifasida individual vaqt poygasi bo‘lib o‘tdi.
20 km. masofaga kechgan bellashuvda O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zolari Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova ishtirok etdi. Quvonarlisi, poyga yakuniga ko‘ra, Olga Zabelinskaya oltin, Yanina Kuskova esa kumush medalga ega chiqdi.
Qayd etish joizki, ushbu g‘alaba orqali Olga Zabelinskaya veloshosse yo‘nalishida uch karra Osiyo chempioniga, Yanina Kuskova ikkinchi bor qit’a birinchiligi sovrindoriga aylandi.
Ayni damda Osiyo chempionatidagi medallarimiz soni 1 oltin, 4 kumushga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA