Oksananing navbatdagi g‘alabasi
Bolgariyaning Varna shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chaqiruv kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bolgariyaning Varna shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chaqiruv kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.Unda hamyurtimiz Oksana Chusovitina tayanib sakrash bahslarida 14,65 ball jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Slovakiyalik Teya Belak ikkinchi va shveytsariyalik Juliya Shtayngruber uchinchi o‘rinni egalladi.
Bu tajribali sport gimnastikachimiz Oksana Chusovitinaning joriy yilgi jahon chaqiruv kubogi bosqichlaridagi uchinchi oltin medalidir.