“Odil sudlov – 2030” strategiyasi inson manfaatlarini ustuvor etmoqda
Sud tizimidagi islohotlarning asl samarasi yangi sudlar yoki zamonaviy texnologiyalar bilan emas, avvalo, fuqaroning buzilgan huquqi qançalik tez, xolis va adolatli tiklanişi bilan ölçanadi.
Adolat izlab sudga murojaat qilgan inson uçun eng muhimi — öz huquqi işonçli himoya qilinişi, murojaati öz vaqtida körib çiqilişi va qabul qilingan qarorning xolisligiga işonç hosil qilişidir. Şu bois sud-huquq tizimini isloh etişda inson manfaatlarini ustuvor qöyiş, odil sudlovdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va sudlarga bölgan işonçni mustahkamlaş alohida ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda amalga oşirilayotgan sud-huquq islohotlari ham aynan şu maqsadlarga yönaltirilgan. “Odil sudlov – 2030” strategiyasi esa uşbu jarayonning yangi bosqiçini belgilab berişi bilan ahamiyatlidir. Unda sud tizimini inson manfaatlariga xizmat qiladigan, oçiq, şaffof, zamonaviy va samarali tuzilmaga aylantirişning ustuvor yönalişlari qamrab olingan.
Strategiyada belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatiga eʼtibor qaratsak, ularning markazida bir maqsad — sudni fuqaroga yaqinlaştiriş, uning huquq va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş turganini köramiz.
Sud tizimiga bölgan işonç, eng avvalo, fuqaroning sud bilan muloqotida namoyon böladi. Inson sudga murojaat qilganda ortiqça ovoragarçilikka duç kelmasligi, öz huquq va majburiyatlari, işni körib çiqiş tartibi haqida aniq maʼlumot olişi, murojaatiga xolis munosabat bildirilişi lozim.
Şu nuqtai nazardan, strategiyada “Xalqçil sud” tamoyiliga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu tuşunça sud faoliyatining oçiqligini taʼminlaş, fuqarolar bilan muloqotni kuçaytiriş, ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş va odil sudlovdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişni anglatadi.
Strategiyada 2030-yilga qadar sud tizimiga işonç bildiruvçi aholi uluşini 80 foizga yetkaziş maqsadi belgilangan. Bu körsatkiç şunçaki statistik raqam emas. U sudlar faoliyatining samaradorligi, oçiqligi va fuqarolar huquqlarini himoya qiliş borasidagi natijalarni baholaşning muhim mezonidir. Şuningdek, sud binolarida fuqarolar va yuridik şaxslar vakillariga xizmat körsatişni “Yagona darça” tamoyili asosida taşkil etiş hamda 2030-yilga qadar uşbu tizimni 100 foizga yetkaziş vazifasi nazarda tutilgan. Bu orqali sudga murojaat qiluvçilarning zarur maʼlumot va xizmatlarni bir joydan olişi, protsessual hujjatlarni taqdim etişi hamda elektron xizmatlardan foydalanişi uçun qulay şaroit yaratiladi.
Demak, xalqçil sud deganda faqat oçiq eşiklar yoki fuqarolar bilan uçraşuvlar emas, balki insonning sud orqali öz huquqini himoya qilişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş ham tuşuniladi.
Odil sudlovning muhim kafolatlaridan biri — sud qarorlarini qayta körib çiqiş tizimining samarali işlaşidir. Çunki sud qarori bilan rozi bölmagan taraf uçun uni yuqori turuvçi sudda qayta körib çiqiş imkoniyati huquqiy himoyaning muhim qismi hisoblanadi.
“Odil sudlov – 2030” strategiyasida uşbu mexanizmni takomillaştiriş maqsadida hududlararo sudlarni taşkil etiş nazarda tutilgan.
Xususan, 2027-yil 1-iyuldan umumiy yurisdiksiya va maʼmuriy sud yönalişlarida işlarni qayta körib çiqiş vakolatiga ega, yurisdiksiyasi bir neçta maʼmuriy-hududiy birliklarni qamrab oladigan beşta hududlararo sud faoliyatini yölga qöyiş belgilangan. Ularning faoliyatini taʼminlaş uçun jami 319 ta boşqaruv xodimi ştat birligi nazarda tutilgan.
Mazkur taşkiliy özgarişlarning ahamiyati faqat yangi sudlarning taşkil etilişi yoki ştat birliklarining köpayişi bilan belgilanmaydi. Eng muhimi, sud qarorlarini qayta körib çiqiş jarayonini yanada samarali taşkil etiş, sud amaliyotida izçillikni taʼminlaş va xolislik kafolatlarini kuçaytiriş uçun institutsional asos yaratiladi.
Şu bilan birga, sud tizimining hududiy tuzilmasini takomillaştirişning ikkinçi muhim yönalişi ham mavjud. 2027–2030-yillarda fuqarolik işlari böyiça tuman va şahar sudlarini bosqiçma-bosqiç taşkil etiş közda tutilgan. Bunda hududlardagi aholi soni, sud işlari hajmi, sudyalarning iş yuklamasi va aholining odil sudlovdan foydalaniş imkoniyatlari inobatga olinadi.
Bu ikki yönaliş bir-birini töldiradi. Hududlararo sudlar sud qarorlarini qayta körib çiqiş tizimini takomillaştirişga xizmat qilsa, tuman va şahar sudlarini rivojlantiriş fuqarolarning sud himoyasidan foydalaniş imkoniyatini yaşaş joyiga yaqinlaştiradi. Natijada sud tizimi nafaqat taşkiliy jihatdan, balki aholi ehtiyojlariga moslaşiş nuqtai nazaridan ham takomillaşadi.
Bugungi davrda zamonaviy sud tizimini raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib bölmaydi. Zero, fuqaro uçun sud xizmatlaridan masofadan turib foydalaniş, zarur hujjatlarni elektron şaklda taqdim etiş va işning borişi haqida tezkor maʼlumot oliş tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu bois strategiyada “Raqamli odil sudlov” alohida ustuvor yönaliş sifatida belgilangan. Uning asosiy maqsadi sud iş yurituvini raqamlaştiriş orqali fuqarolar va tadbirkorlar uçun qulay, tezkor va ortiqça sarsongarçiliksiz sud jarayonlarini taşkil etişdan iborat. Jumladan, 2027-yil yakuniga qadar my.sud.uz portali takomillaştirilib, uning yangi mobil ilovasi işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, sudga murojaat qiliş uçun zarur hujjatlarni tayyorlaşni yengillaştiruvçi interaktiv xizmatlar joriy etiş, sud hujjatlarini izlaş imkoniyatlarini kengaytiriş nazarda tutilgan. Bu özgarişlarning amaliy ahamiyati şundaki, fuqaro zarur maʼlumotlarni oliş, hujjatlarni rasmiylaştiriş yoki murojaat yuboriş uçun har safar sud binosiga borişiga ehtiyoj kamayadi. Köplab xizmatlardan elektron şaklda foydalaniş imkoniyati kengayadi. Natijada insonning vaqti va mablaği tejaladi, sud bilan boğliq jarayonlar esa yanada qulaylaşadi.
Raqamli transformatsiya faqat elektron murojaatlar bilan çeklanmaydi. Strategiyada sud işlarini yuritiş va hujjatlar aylanmasini töliq elektron şaklga ötkaziş, elektron yuritiladigan işlar böyiça qoğoz hujjatlardan bosqiçma-bosqiç voz keçiş vazifalari ham belgilangan.
Şuningdek, sud majlislarini töliq audioyozuv orqali qayd etiş, sud xabarnomalarini elektron şaklda yuboriş kabi mexanizmlarni joriy etiş ham közda tutilgan. Bunday yondaşuv sud jarayonlarining şaffofligini oşiriş, maʼlumotlar bilan işlaşda tezkorlikni taʼminlaş va protsessual tartiblarga rioya etilişi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.

Strategiyada raqamli sudlov samaradorligini baholaş böyiça aniq maqsadli körsatkiçlar ham belgilangan. Xususan, 2030-yilga qadar sudlarga murojaatlarning kamida 50 foizini elektron şaklda taqdim etişga erişiş, Oliy sudning axborot tizimlaridan foydalanuvçilar sonini esa kamida beş barobarga oşiriş maqsad qilingan.
Bu raqamlar zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş kölaminigina emas, balki sud xizmatlaridan foydalaniş madaniyatidagi özgarişlarni ham ifoda etadi. Eng muhimi, raqamlaştiriş natijasida fuqaro uçun sudga murojaat qiliş, zarur maʼlumotlarni oliş va öz işiga oid jarayonlarni kuzatiş yanada osonlaşadi.
“Odil sudlov – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni bir-biri bilan boğlab tahlil qilsak, ularning barçasi yagona maqsadga — inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qilişga qaratilganini köramiz.
“Xalqçil sud” tamoyili orqali sud tizimining oçiqligi va aholi bilan muloqoti kuçaytirilsa, hududlararo sudlar qarorlarni qayta körib çiqiş mexanizmlarini takomillaştirişga xizmat qiladi. Raqamli odil sudlov esa sud xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirib, bu jarayonni tezkor va qulay qiladi.
Albatta, har qanday islohotning haqiqiy natijasi uning amaliyotdagi samarasi bilan belgilanadi. Yangi sudlarni taşkil etiş, raqamli platformalarni işga tuşiriş yoki xizmat körsatiş tizimini yangilaş muhim. Biroq bularning barçasi fuqaroning huquqi öz vaqtida va xolis himoya qilinişiga xizmat qilgandagina özining töliq ahamiyatini namoyon etadi. Şu maʼnoda, “Odil sudlov – 2030» strategiyasi sud tizimini faqat taşkiliy va texnologik jihatdan yangilaş dasturi emas. U odil sudlovning inson hayotidagi amaliy ahamiyatini kuçaytiriş, fuqarolarning sudga bölgan işonçini mustahkamlaş va adolatga erişiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan keng qamrovli islohotlar yönalişidir.
Zero, adolatli jamiyatning muhim belgisi — inson öz huquqi poymol etilganida uni qonuniy yöl bilan himoya qila olişiga, sudga murojaat qilganda esa xolis qaror qabul qilinişiga işonişidir. Sud islohotlarining eng katta natijasi ham aynan şu işonçning mustahkamlanişida namoyon böladi.
Uçqun Röziyev,
Buxoro viloyati sudi raisi