Milliy birlik mamlakatning xalqaro nufuzini belgilaydi
Bugun mamlakatimizda yuzdan ortiq millat va elat vakillari ahil-inoq hayot keçirmoqda. Jamiyatdagi millatlararo totuvlik va özaro hurmat muhiti nafaqat içki barqarorlikni mustahkamlaydi, balki Özbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini şakllantirişda ham muhim örin tutadi.
Içki totuvlik, birdamlik, hamjihatlik va hamfikrlilik, taşqi siyosatning mustahkam poydevori. Har qanday davlatning taşqi siyosati içki siyosatning mantiqiy davomi hisoblanadi. Agar jamiyatda milliy nizolar, özaro işonçsizlik va böliniş kayfiyati mavjud bölsa, bunday davlat xalqaro hamkorlikda işonçli şerik böla olmaydi.
Özbekiston tajribasida millatlararo munosabatlar uçta asosiy tamoyilga tayanadi, barça fuqarolarning huquqiy tengligini taʼminlaş, har bir millatning tili, madaniyati va anʼanalarini rivojlantirişga şaroit yaratiş, şuningdek, jamiyatda özaro hurmat va hamkorlik ruhini qöllab-quvvatlaş. Respublika va mahalliy darajada faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar, xalqlar döstligi festivallari, köp tilda olib borilayotgan taʼlim va axborot faoliyati mazkur tamoyillarning amaliy ifodasidir.
Millatlararo totuvlikning mustahkam ildizlari aynan mahallalarda şakllanadi. Şu bois yurtimizda mahalla institutiga alohida eʼtibor qaratilgan. Bir hududda turli millat vakillarining ahil qöşni sifatida haşar, töy-maʼraka va bayramlarda yelkama-yelka turişi hamjihatlikning yaqqol namunasidir. Aynan şunday kundalik hayotiy tajriba xalqaro maydonda «Özbekiston – bağrikenglik makoni» degan yuksak eʼtirofni şakllantirmoqda.
Millatlararo munosabatlarning eng nozik jihatlaridan biri til masalasidir. Davlat tilining maqomi mustahkam bölişi bilan bir qatorda, boşqa millat va elat vakillarining öz ona tilida taʼlim olişi, axborotdan foydalanişi va madaniy hayotda faol iştirok etişi ijtimoiy barqarorlikning muhim şartidir. Bunday oqilona muvozanat fuqarolarda davlatga nisbatan işonç va daxldorlik hissini kuçaytiradi. Madaniy xilma-xillik esa taşqi siyosatda ham öz ijobiy samarasini beradi.
Mutaxassislar fikriça, millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatining samaradorligi uçta mezon bilan baholanadi. Bular, fuqarolar tengligining töliq taʼminlanişi, madaniy öziga xoslikni asrab-avaylaş imkoniyatining mavjudligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda barça hududlarning teng iştirokidir.
Bu birdamlikning tarixiy ildizlari juda çuqur. Ikkinçi jahon uruşi yillarida minglab oilalar va yetim bolalar boşpanasiz qolganida, özbek xonadonlari ularga öz eşigini oçib, sönggi luqmasini ham baham körgan. Xalqimizda «Birlaşgan – özar, birlaşmagan – tözar» degan purmaʼno hikmat bor. Geosiyosiy keskinlik, mafkuraviy tahdidlar va axborot xurujlari kuçaygan bugungi şaroitda mamlakat içidagi jipslik eng işonçli qalqon bölib xizmat qiladi. Birligi mustahkam yurt taşqi olamga ham işonç bilan boqadi. Tolerantlik Özbekiston uçun çetdan kirib kelgan yangi tuşunça emas. U Buyuk ipak yöli çorrahasida, turli xalqlar savdo qilgan, ilm almaşgan va bir-birining tilini örgangan qadimiy şaharlarda asrlar davomida şakllangan hayot tarzidir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toşkent va Farğona zaminida turli din hamda madaniyat vakillari azaldan özaro hurmat asosida yaşab kelgan.
Taşqi siyosatning maʼnaviy omili deganda, davlat va jamiyat qadriyatlari, tarixiy xotira, madaniy-sivilizatsion meros va axloqiy tamoyillarning taşqi siyosiy qarorlar hamda xalqaro nufuzga taʼsiri tuşuniladi. Bu omil uç yönalişda namoyon böladi, qadriyatlarga tayangan asos, tarixiy xotira va meros, şuningdek, xalqaro jozibadorlik va işonç. Garvard universiteti professori Jozef Nay ilgari surgan «yumşoq kuç» konsepsiyasiga köra, davlat majburlaş emas, balki jalb qiliş orqali öz strategik maqsadlariga erişadi. Boy madaniyat, maʼrifat, yuksak axloqiy qadriyatlar va tinç-totuv jamiyat qiyofasi aynan şunday jozibadorlikning asosiy manbaidir.
Mintaqaviy özaro boğliqlikni kuçaytirişda madaniy-gumanitar aloqalar alohida örin tutadi. Qöşni davlatlar bilan ötkazilayotgan madaniyat kunlari, ijodkorlar uçraşuvlari, oliy taʼlim muassasalari örtasidagi akademik almaşinuvlar, qardoş xalqlar adabiyoti va sanʼatini özaro tarjima qiliş bu boradagi eng samarali vositalardir. Ular siyosiy muloqotga nisbatan sekinroq natija bersa-da, taʼsiri ança çuqur va barqaror böladi.
Özbekiston tarixan turli dinlar va sivilizatsiyalar tutaşgan çorrahada şakllangan. Bu zaminda islom sivilizatsiyasining buyuk allomalari yetişib çiqişi bilan birga, boşqa dinlarga eʼtiqod qiluvçi jamoalar ham uzoq asrlar davomida yonma-yon yaşab kelgan. Şu bois diniy bağrikenglik va vijdon erkinligi masalasi mamlakatimiz uçun nafaqat içki siyosat ustuvori, balki xalqaro maydondagi ijobiy imijning muhim tarkibiy qismi hamdir.
Şu örinda taʼkidlaş joizki, yoşlar taşqi siyosatning kelajakdagi asosiy iştirokçilari bölgani bois ular orasida millatlararo totuvlik va xalqaro muloqot madaniyatini şakllantiriş alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi yoş avlod dunyoni asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali anglamoqda. Bu holat ularga bir tomondan keng bilim va muloqot imkoniyatlarini bersa, ikkinçi tomondan, soxta axborot va manipulyatsiyalar taʼsiriga tuşib qoliş xavfini yuzaga keltiradi.
Şu nuqtai nazardan, talabalar almaşinuvi, xalqaro ilmiy anjumanlar, volontyorlik harakatlari, xorijiy tillarni örganiş dasturlari hamda qardoş xalqlar yoşlari örtasidagi qöşma ijodiy loyihalar «yoşlar diplomatiyasi»ning taʼsirçan vositalaridir. Ular orqali yoşlar özga xalqlar madaniyatini yaqindan taniydi, madaniyatlararo muloqot könikmasini özlaştiradi va turli stereotiplarni yengib ötadi.
Maʼnaviy omilning qudrati bilan bir qatorda, unga taʼsir etuvçi zaif nuqtalarni ham nazardan qoçirmaslik lozim. Globallaşuv şaroitida axborot maydonidagi ayrim jarayonlar millatlararo munosabatlarga salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan asossiz böhtonlar, milliy va diniy nafrat uyğotuvçi materiallar, tarixiy xotirani soxtalaştirişga qaratilgan urinişlar jamiyatdagi totuvlikka jiddiy xavf soladi.
Ayniqsa, yoşlar orasida axborot gigiyenasi madaniyatini şakllantiriş bugungi kunning eng dolzarb vazifasiga aylangan. Öz vaqtida maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy «Hifzi lison» (tilni asraş) haqida yozganida, söz nafaqat muomala vositasi, balki inson axloqi va jamiyat soğlomligining mezoni ekanini alohida taʼkidlagan edi.
Raqamli davrda bu uluğ ğoya yangiça maʼno kasb etmoqda, sözni, axborotni va muloqot madaniyatini asraş millatlararo totuvlikni himoya qilişning ajralmas qismidir. Şu bilan birga, ekstremizm va radikalizmning turli körinişlari, transmilliy tahdidlar maʼnaviy immunitetni doimiy ravişda mustahkamlab borişni talab etadi. Zero, millatlararo munosabatlar va taşqi siyosatning maʼnaviy omili bir-birini töldiruvçi, özaro çambarças boğliq jarayonlardir.
Eʼzoza KARIMOVA,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
rahbarining birinçi örinbosari.
ÖzA