Oçiqlik, innovatsiya va hamkorlik: Osiyo-Tinç okeani mintaqasi taraqqiyotining yangi kun tartibi
Osiyo-Tinç okeani mintaqasi jahon iqtisodiyotining muhim markazlaridan biri sifatida xalqaro savdo, investitsiya va texnologik hamkorlikda tobora katta örin tutmoqda. Mintaqadagi iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalaniş, yangi bozorlar va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiriş esa bugungi kunning dolzarb vazifalaridan. Şençjen şahrida bölib ötgan ATESning 2026-yilgi biznes sammitida ham aynan şu masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
18-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin mazkur sammitning oçiliş marosimida iştirok etib, “Osiyo-Tinç okeani mintaqasining yorqin kelajagi sari qatʼiyat bilan olğa” mavzusidagi asosiy maʼruzasini taqdim etdi.
Unda taʼkidlanganidek, bugungi kunda jahon iqtisodiyotida ösiş surʼatlarining sustligi, bir tomonlama yondaşuvlar va proteksionistik siyosatning kuçayişi xalqaro iqtisodiy munosabatlarga taʼsir körsatmoqda. Şu bilan birga, global savdoning ösişi davom etayotgani, yangi texnologiyalar sohasidagi yutuqlar esa iqtisodiy taraqqiyot manzarasini özgartirayotgani qayd etildi.
Si Szinpinning fikriça, bunday şaroitda oçiqlikni yoki yopiqlikni, hamkorlikni yoki ajralişni, yangilanişni yoki eski yondaşuvlarga sodiq qolişni tanlaş masalasi zamonning muhim savollaridan biriga aylanmoqda. U ATES taşkiloti iqtisodiy globallaşuv jarayonlari bilan hamohang şakllanganini taʼkidlab, mintaqada umumiy taraqqiyot va farovonlikka xizmat qiladigan hamjamiyatni barpo etiş uçun barça hamkorlarni birgalikda harakat qilişga çaqirdi.
Şu maqsadda Xitoy rahbari mintaqaviy hamkorlikning törtta ustuvor yönalişini ilgari surdi. Jumladan, tinçlik va barqarorlikni saqlaş, oçiq savdo va investitsiya muhitini rivojlantiriş, ilmiy-texnologik innovatsiyalarni iqtisodiy ösiş omiliga aylantiriş hamda özaro manfaatli hamkorlik kölamini kengaytiriş zarurligiga eʼtibor qaratdi.
Xususan, Jahon savdo taşkiloti markaziy örin tutadigan, umumiy qoidalarga asoslangan köp tomonlama savdo tizimini qöllab-quvvatlaş, erkin savdo va investitsiya uçun qulay şaroit yaratiş, xalqaro işlab çiqariş va taʼminot zanjirlarining barqaror işlaşini taʼminlaş muhimligi qayd etildi. Şuningdek, Osiyo-Tinç okeani erkin savdo hududini şakllantiriş jarayonini izçil davom ettiriş mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani çuqurlaştirişga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Texnologik taraqqiyot masalasi ham nutqning muhim yönalişlaridan biri böldi. Raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellekt, ilmiy-texnik hamkorlik va yaşil iqtisodiyotga ötiş jarayonlari mintaqada yangi ösiş imkoniyatlarini yuzaga çiqarişi mumkin. Şu bois innovatsion salohiyatni işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalariga keng joriy etiş, ilğor texnologiyalardan samarali foydalaniş zarurligi taʼkidlandi.

Maʼruzada iqtisodiy ösiş natijalari barça mamlakatlar va aholi qatlamlari uçun manfaat keltirişi lozimligiga ham alohida urğu berildi. Savdo va investitsiya tösiqlarini kamaytiriş, rivojlanişdagi farqlarni hisobga oliş, samaradorlik bilan ijtimoiy adolat örtasidagi muvozanatni taʼminlaş mintaqaviy hamkorlikning muhim şarti sifatida körsatildi.
Şu örinda Xitoy tomonidan Jahon körfaz hududlari iqtisodiy hamkorligi ligasini taşkil etiş taşabbusi ham ilgari surildi. Uşbu tuzilma orqali dunyodagi yirik körfaz hududlari örtasida aloqalarni mustahkamlaş, tajriba almaşiş va iqtisodiy hamkorlikning yangi imkoniyatlarini izlaş közda tutilmoqda.
Sammitda Xitoy iqtisodiyotining bugungi holati va mamlakatning kelgusi taraqqiyot rejalari ham taqdim etildi. Si Szinpinning maʼlum qilişiça, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida Xitoy iqtisodiyoti 4,6 foiz ösgan. Mamlakatda yangi sifatli işlab çiqariş kuçlarini rivojlantiriş, sanoatni modernizatsiya qiliş, yaşil va kam uglerodli iqtisodiyotga ötiş jarayonlari izçil davom etmoqda.
Xitoyning ön beşinçi beş yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş rejasi nafaqat mamlakatning içki taraqqiyot dasturi, balki Osiyo-Tinç okeani mintaqasi va butun dunyo iqtisodiyoti uçun ham yangi hamkorlik imkoniyatlarini oçuvçi hujjat sifatida taqdim etildi.
Xitoy rahbari xalqaro biznes vakillari uçun uçta muhim imkoniyatga eʼtibor qaratdi. Birinçisi – mamlakatning ulkan isteʼmol bozoriga kiriş. Dunyodagi ikkinçi yirik isteʼmol bozori bölgan Xitoyda aholining xarid qobiliyati, investitsiya va isteʼmol salohiyati yuqori ekani taʼkidlandi. Mamlakat sifatli xorijiy mahsulot va xizmatlar importini kengaytiriş, xalqaro işlab çiqaruvçilarning mahalliy bozorga kirişini osonlaştiriş niyatida.
Ikkinçi yönaliş ilğor texnologiyalar va sanoat kooperatsiyasi bilan boğliq. Xitoy anʼanaviy tarmoqlarni modernizatsiya qiliş, yangi sanoat yönalişlarini rivojlantiriş, kelajak texnologiyalariga asoslangan sohalarni şakllantiriş orqali xorijiy kompaniyalar uçun ham yangi imkoniyatlar yaratişni maqsad qilgan.
Uçinçi yönaliş esa xalqaro hamkorlik uçun barqaror va oldindan prognoz qiliş mumkin bölgan işbilarmonlik muhitini taʼminlaşdir. Si Szinpin mamlakat xalqaro savdo qoidalarini qöllab-quvvatlaş, bozorga kiriş imkoniyatlarini kengaytiriş, xizmatlar sohasini izçil oçiş va xorijiy investorlar uçun qulay şart-şaroitlarni takomillaştirişga intilişini bildirdi.

Umuman, Şençjen sammitida ilgari surilgan taşabbuslar Osiyo-Tinç okeani mintaqasida iqtisodiy integratsiyani çuqurlaştiriş, innovatsion taraqqiyotni rağbatlantiriş va xalqaro biznes aloqalarini kengaytiriş masalalari kun tartibining markazida turganini körsatdi. Xitoy tomonining yondaşuvi esa mamlakatning öz iqtisodiy rivojlaniş ustuvorliklarini mintaqaviy va global hamkorlik imkoniyatlari bilan boğlaşga intilayotganini namoyon etdi.
Sammitda Çili Prezidenti Xose Antonio Kast, Malayziya Boş vaziri Anvar Ibrohim hamda boşqa rasmiy şaxslar iştirok etdi.
Nilufar Bozorova, ÖzA