Norvegiyaning yirik energetika kompaniyasi kiberhujumga uçradi
Norvegiyaning “Equinor” energetika kompaniyasi ayrim axborot texnologiyalari tizimlariga kiberhujum uyuştirilganini maʼlum qildi.
“Anadolu” axborot agentligi yozişiça, Yevropaning yirik tabiiy gaz yetkazib beruvçilaridan biri hisoblangan kompaniya kiberhujum aniqlanişi bilan tegişli davlat organlarini xabardor qilgan.
Kompaniya bayonotida taʼkidlanişiça, hujumni bartaraf etiş va zarar körgan tizimlar faoliyatini töliq tiklaş uçun barça zarur çoralar körilmoqda. Dastlabki tekşiruvlarda maʼlumotlar öğirlanganiga oid belgilar aniqlanmagan.
Kompaniya mutaxassislari kiberhujum qanday amalga oşirilgani va qaysi tizimlarga taʼsir körsatganini aniqlaşda muayyan natijalarga erişgan. Hodisa kompyuter virusi bilan boğliq emasligi va zararli dastur tarqalişi xavfi yöqligi bildirilgan.
Kiberhujum neft va gaz qazib oliş jarayonlariga taʼsir körsatmagan. Ayni paytda axborot tizimlarini tiklaş işlari Norvegiyaning milliy xavfsizlik organlari bilan hamkorlikda davom ettirilmoqda.
A.Mamatov, ÖzA