Qozoğistonda noyob Qoratov arxarlari soni köpaymoqda
Qozoğistonning Turkiston viloyatidagi Qoratov toğ tizmasida yaşovçi noyob arxarlar soni 1964 boşga yetdi. Mutaxassislar uşbu hayvonlar populyatsiyasini saqlaş va köpayiş dinamikasini kuzatiş maqsadida har yili bahor va kuz fasllarida maxsus hisobga oliş işlarini ötkazmoqda.
Axborot hamkorimiz - “Kazinform” AA yozişiça, Qoratov arxarlari soni ötgan asrdan buyon bir neça bor keskin kamaygan edi. Xususan, 1976-yilda ularning soni 150 boş atrofida bölgan bölsa, 2004-yilga kelib atigi 38 boş qolgan.
Öşa yili Qoratov davlat tabiiy qöriqxonasi taşkil etilib, noyob hayvonlarni muhofaza qiliş böyiça tizimli çoralar körila boşlangan. Natijada arxarlar populyatsiyasi bosqiçma-bosqiç tiklanmoqda.
Hayvonlarni hisobga olişda fotoqopqonlar, dronlar va ularning izlarini kuzatiş usullaridan foydalaniladi. Şuningdek, arxarlarning umumiy soni bilan birga yoşi, jinsi va nasl beriş körsatkiçlari ham örganiladi.
A.Mamatov, ÖzA
.