Ochiq muloqot: 100 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari qatnashgan uchrashuvda ishbilarmonlarning murojaat va takliflari tinglandi
Yangi O‘zbekiston universiteti binosida tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqot" o‘tkazildi.
Joriy yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan navbatdagi "Ochiq muloqot" tashkil etildi.
Unda Biznes-ombudsman devoni Toshkent shahar sho‘’basi mudiri F.Axmedov, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi B.Gaipnazarov, hududiy ishchi guruh a’zolari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

100 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari qatnashgan uchrashuvda ishbilarmonlarning murojaat va takliflari tinglandi.
Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita joylarda o‘rganish, ularni tezkor hal etish hamda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tadigan ochiq muloqoti uchun dolzarb masalalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zA