Nuroniylar – sayohatda
Noyabr oyida mamlakatimiz böylab ötkazilayotgan anʼanaviy “Keksalar uçun turizm oyligi” doirasida şu paytgaça sakkiz ming nafarga yaqin samarqandlik nuroniylar tarixiy şaharlar, muqaddas qadamjolar va madaniyat maskanlariga sayohat qildi.
– Keksa yoşdagi yurtdoşlarimizning yurtimiz böylab sayohat qilişlari uçun bunday imkoniyat yaratilişi, avvalo, ularga bölgan eʼtibor va ğamxörlikning yana bir ifodasidir, – deydi “Nuroniy” jamğarmasi Samarqand viloyati bölimi raisi örinbosari Donaqul Toşboyev. – Muhimi, oylik davomida nuroniylarning madaniy meros obʼektlari, davlat muzeylari hamda muzey-qöriqxonalariga kiriş çiptalariga 50 foizlik çegirma joriy etildi. Mahalliy hokimliklar esa faxriylarning sayohatlarini taşkil etişda yaqindan kömaklaşib, avtobus va boşqa masalalarda moddiy qöllab-quvvatlamoqda. Ana şunday imkoniyatlar tufayli şu paytgaça iştixonlik bir guruh nuroniylar Xorazm viloyatiga, Payariq tumani keksalari Farğona va Andijon viloyatlariga, Samarqand tumani nuroniylari Qozoğistonning Turkiston viloyatiga, narpaylik faxriylar Qaşqadaryoga va Samarqand şahri keksalari Zomin tumaniga sayohat qildilar. Boşqa hududlarda ham bunday xayrli işlar amalga oşirilmoqda.

Viloyatda nuroniylarning mazmunli dam olişi va yurtimiz böylab sayohatlarini taşkil etiş borasidagi işlar faqatgina turizm oyligida emas, yil davomida olib borilmoqda. Jumladan, yil boşidan buyon 21 ming nafardan ortiq keksa yoşdagi otaxon va onaxonlar viloyat va respublikamiz hududlariga sayohatga çiqdi. Şuningdek, keksalar salomatligini mustahkamlaş maqsadida 32 ming nafar nuroniylar çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazildi. Nogironligi bölgan 436 nafar faxriylarga zarur reabilitatsiya vositalari, yolğiz yaşovçi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 2,4 ming nafar nuroniylarga oziq-ovqat mahsulotlari, 1200 nafarga yaqiniga dori-darmon berildi.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri