BAYROQ
...
"Halol!" qiçqiradi ajnabiy hakam,
Tomoşabin köksi ketar bir qalqib.
Polvonim, zör kelding, yot ölkada ham,
Yulduz sanab qoldi zabardast raqib.
Uzoq bir ölkada zafar quçding sen,
Kimdir mahzun tortdi, maydon ham ado.
Olqiş istab oçding quçoğingni keng,
Ammo öyingohdan çiqmadi sado...
Ökinçla atrofga termulasan jim,
Mağrur qaroğingga qönibdi şabnam.
Ummonlar dunyoni yutgandek, inim,
Bu yerdan körinmas Özbekiston ham...
Şu on yuraklarni çulğar bir ohang,
Öyingoh qalqiydi asta oyoqqa.
Behisob nigohlar qadalgan, qara,
Sening kipriklaring öpgan bayroqqa.
Polvonim, faxr et! Yuksaklardan boq,
Ne zotlar boşi xam bölib turibdi.
Sening-çun yuksalgan bayroqda, butun
Özbekistonim jam bölib turibdi.
Yusufjon HAMIDOV