Bir bayroq, bir xalq, bir vatanmiz! (+video)
Davlat bayroği – mustaqil Özbekiston Respublikasining milliy, xalqimizning birligi va kelajakka intilişlarini ifoda etuvçi ramzdir. Ötgan 35 yil davomida bayroğimiz ostida erişilgan har bir yutuq va ğalaba xalqimiz uçun çeksiz faxr-iftixor bağişlab kelmoqda.
Davlat bayroğining doimiy ravişda Prezident qarorgohlari, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat organlari binolari va majlislar zallarida, şuningdek, diplomatik vakolatxonalar va xalqaro taşkilotlar huzuridagi vakolatxonalarda kötarilişi uning yuksak maqomini bildiradi.
Mustaqil davlatning ramzlari köp, ammo ularning heç biri millatni, xalqni davlat bayroği kabi jahon ahliga tanita olmaydi. Bayroq tasvirida yurtimiz hududida qadimda mavjud bölgan qudratli davlatlar bayroqlarining eng yaxşi anʼanalari davom ettirilgan holda, respublikaning tabiati va xalqimizning milliy-maʼnaviy özligi aks etadi. Şuning uçun ham Davlat bayroğimiz nafaqat çiroyli bezak, balki xalqimizning tarixi, bugungi hayoti va kelajak orzu-intilişlarini mujassam etgan muqaddas timsoldir.
Bizning bayroğimiz ötgan öttiz beş yil mobaynida Özbekistonni jahon ahliga tanitib ulgurdi. Dunyoda Özbekiston degan mamlakat, turli millat va elatlarni özaro birdamlik, hamjihatlik bayroği ostida birlaştirgan davlat borligini maʼlum qildi.
Davlat bayroği qabul qilinganligining 35 yilligi barçaga muborak bölsin!
M.Turdaliyeva,
I.Ismatov. ÖzA