Nukusda ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida talaba yoshlar hamda harbiy xizmatchilar o‘rtasida 3 kilometr masofaga mo‘ljallangan “Silk Road Uzbekistan” va “Talaba yugur” nomli navbatdagi ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Nukus shahridagi Islom Karimov ko‘chasidan start berilgan marafonda 4 mingdan ziyod ishtirokchi, jumladan, sportsevar yoshlar qatnashib, marra sari yugurdi.
[gallery-31363]
Musobaqada ishtirokchilar 3 kilometr masofada o‘z imkoniyatlarini sinab, g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga diplom va medallar tantanali ravishda topshirildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA