Nukusda ijtimoiy xizmat körsatiş imkoniyatlari kengaymoqda
Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahridagi Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaş, nogironligi bölgan şaxslarning salomatligini tiklaş va turmuş sifatini yaxşilaş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Joriy yilning sentabr oyida faoliyat boşlagan mazkur muassasada beşta asosiy yönaliş – kunduzgi parvariş, erta aralaşuv, kunduzgi qatnov, kattalar va bolalar reabilitatsiyasi hamda psixoijtimoiy reabilitatsiya böyiça xizmatlar yölga qöyilgan.
Ayni paytda bu yerda nogironligi bölgan katta yoşli fuqarolar hamda salomatligida muammosi bölgan 70 nafarga yaqin bola va kattalar qamrab olingan. Ularga 20 nafarga yaqin malakali mutaxassis tomonidan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari körsatilmoqda.
Maskanda aholiga sifatli yordam körsatiş, fuqarolarning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlaş, mustaqil hayot keçiriş könikmalarini rivojlantiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratilgan.
[gallery-32679]
Markaz faoliyati inson qadrini uluğlaş, nogironligi bölgan şaxslarning jamiyatga ijtimoiy moslaşuvini taʼminlaş va munosib hayot keçirişi uçun keng imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA