Nukusda ekologik festival o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi markaziy bog‘da “Bizni birlashtirgan sayg‘oq” yoshlar ekologik festivali bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Sayg‘oq kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar turkumiga yakun yasadi hamda Xalqaro bioxilma-xillik kuniga bag‘ishlandi.

Festival Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, Qoraqalpog‘istonning qo‘riqlanadigan tabiiy hududlari xodimlari, “Sayg‘oqni saqlash alyansi” xalqaro tashkiloti, “Ekomaktab” nodavlat notijorat tashkiloti volontyorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertlari ko‘magida tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, bundan roppa-rosa 20 yil avval “Sayg‘oq kuni” ilk bor Ustyurt maktablarida Zoologiya instituti olimlari tashabbuskor guruhi, “Ekomaktab” nodavlat notijorat tashkiloti hamda “Sayg‘oqlarni muhofaza qilish ittifoqi” xalqaro tashkiloti ko‘magida o‘tkazilgandi. O‘tgan davrda ushbu bayram nafaqat Qoraqalpog‘istonda, balki Qozog‘iston, Qalmog‘iston va Mo‘g‘ulistonda ham mashhur bo‘lib ketdi.
An’anaga ko‘ra, “Sayg‘oq kuni” doirasida maktablarda ochiq ekologik darslar, tabiatni muhofaza qilish aksiyalari, “Sayg‘oq kubogi” uchun sport musobaqalari, shuningdek, qiziqarli ekologik kvestlar tashkil etiladi. Har bir aholi punktida yoshlarning tashabbuslari va qiziqishlarini inobatga olgan holda o‘ziga xos tadbirlar dasturi shakllantiriladi.

Tadbirda Nukus shahri, Mo‘ynoq tumani, shuningdek, Qo‘ng‘irot tumanidagi “Jasliq”, “Qoraqalpog‘iston” shaharcha fuqarolar yig‘inlari, “Qirqqiz” qishlog‘idagi maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Mazkur hududlarda faoliyat yuritayotgan “Sayg‘oq do‘stlari” bolalar va yoshlar ekologik klublari a’zolari ham festivalda qatnashdi.
Sayg‘oq O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan yo‘qolib borayotgan noyob tur hisoblanadi. Bu kabitadbirlar sayg‘oqlar yashash hududlariga yaqin joylashgan aholi punktlari aholisi, bolalar vayoshlar o‘rtasida ekologik targ‘ibot hamda tabiatnimuhofaza qilish faoliyatini rivojlantirishgaqaratilgan.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.