Norin daryosi bo‘yida yangi turizm loyihalari amalga oshiriladi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Norin daryosi bo‘yida bo‘lib, hududning turistik salohiyatini oshirish, zamonaviy dam olish maskanlari va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish imkoniyatlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida daryo sohilining tabiiy manzaralari, hududning qulay joylashuvi va mavjud imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda aholi va sayyohlar uchun zamonaviy dam olish sharoitlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, viloyat rahbari Bo‘ston mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosi sohilida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan «BLUE HORIZON» turizm loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.
[gallery-30659]
Loyiha doirasida hududning tabiiy salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy dam olish maskanlari va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish, sohilbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish nazarda tutilgan.
Viloyat hokimi loyihani sifatli amalga oshirish, hududning tabiiy imkoniyatlaridan oqilona foydalanish hamda sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA