Nima uçun Özbekiston va Qozoğiston G20 sammitiga taklif qilindi?
Jahon siyosatida kuçlar nisbati özgarib, xalqaro munosabatda yangi yondaşuvlar şakllanayotgan bir payt yirik davlatlar iştirokidagi muloqot maydoni ahamiyati ortmoqda. Şu nuqtai nazardan 2026-yil 14-15-dekabr kunlari AQŞning Mayami şahrida ötadigan G20 sammiti alohida eʼtiborga molik. Zero, bu galgi uçraşuvga Markaziy Osiyoning ikki davlati – Özbekiston va Qozoğiston rahbarlari ham taklif etilgan.
Prezident Donald Tramp 2025-yil 23-dekabrda ikki davlat rahbari bilan telefon orqali muloqot ötkazib, ularni sammitga taklif etişi mintaqamizga xalqaro eʼtibor kuçayganini körsatadi. Xöş, bu voqea zamirida qanday siyosiy va iqtisodiy omillar bor? Ikki davlat islohotlari tajribasi va iqtisodiy körsatkiçi bu jarayonda qanday örin tutdi? Mavzu yuzasidan siyosatşunos Sayfiddin Jörayev bilan suhbatlaşdik.
– Avvalo, G20 sammitining bugungi xalqaro munosabatlar tizimidagi örniga töxtalsak. Dunyoda geosiyosiy ziddiyatlar kuçayib, xalqaro tartibotda özgarişlar keçayotgan bir şaroitda mazkur maydonning ahamiyati qanday?
– Bugun xalqaro munosabatlarda bir-biriga qarama-qarşi ikki jarayon kuzatilmoqda. Bir tomondan xalqaro savdo, integratsiya, madaniy-gumanitar aloqalar kengayib, davlatlar örtasidagi hamkorlikning yangi mexanizmlari rivojlanmoqda. Iqtisodiy diplomatiya, xalq diplomatiyasi va kiberdiplomatiya kabi yönalişlar ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ikkinçi tomondan davlatlararo ziddiyatlar, harbiy töqnaşuvlar, qurollaniş poygasi va yirik kuç markazlari örtasida raqobat kuçaymoqda. Ayrim xalqaro taşkilotlarning mavjud muammolarni hal etişdagi samaradorligi ham savol ostida qolmoqda. Bunday vaziyatda yirik davlatlar va mintaqaviy hamkorlarni birlaştiradigan muloqot maydonlarining ahamiyati ortadi. 2026-yil 14-15-dekabr kunlari AQŞda ötadigan G20 sammiti ham xalqaro kun tartibidagi muhim masalalarni muhokama qiliş imkonini beradi.
– Özbekiston va Qozoğiston rahbarlarining sammitga taklif etilişiga qanday omillar asos böldi? Bu qarorda ikki mamlakatning iqtisodiy ösişi va mintaqadagi örni qay darajada ahamiyat kasb etdi?
– Taqdim etilgan maʼlumotlarda ikki mamlakatning iqtisodiy körsatkiçlari muhim omil sifatida körsatilgan. Xususan, 2025-yil Özbekiston yalpi içki mahsuloti 7,7 foiz, Qozoğistonniki esa 6,5 foiz ösdi. Bu har ikki davlat iqtisodiyotidagi ösişni namoyon etadi. Şuningdek, Özbekiston va Qozoğiston Markaziy Osiyodagi AQŞning asosiy hamkorlari sifatida baholanmoqda. Ikki davlat rahbari 2025-yil 23-dekabr kuni Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot ötkazişi va u har ikki yetakçini G20 sammitiga mehmon sifatida taklif etişini eʼlon qilişi ham ayni jarayonning muhim jihatidir. Demak, taklifda iqtisodiy ösiş bilan birga, ikki mamlakatning mintaqaviy hamkorlikdagi örni ham eʼtiborga olingan.
– Markaziy Osiyoning bir yöla ikki davlati rahbari G20 sammitiga taklif etilmoqda. Bu holat mintaqaning xalqaro maydondagi mavqei nuqtai nazaridan qanday ahamiyatga ega?
– Bu voqeaning tarixiy jihati ham bor. Qozoğistonning birinçi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 2013-yil Sankt-Peterburgda, 2016-yil esa Xanjouda ötkazilgan G20 sammitlarida iştirok etgan. Bu gal Markaziy Osiyoning ikki davlati rahbari bir vaqtning özida sammitga mehmon sifatida taklif etilmoqda. Bundan taşqari, taklif 2025-yil 6-noyabr kuni Vaşingtonda ötkazilgan C5+1 sammitidan keyin bildirildi. Bu formatda Markaziy Osiyo davlatlari va AQŞ örtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Şu jihatdan, Özbekiston va Qozoğiston rahbarlarining G20 sammitida iştirok etişi mintaqaning xalqaro muloqotdagi iştiroki uçun yangi imkoniyat yaratadi.
– Ikki mamlakatda amalga oşirilayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar ahamiyatini aniq raqamlar misolida tuşuntirib bersangiz.
– Özbekiston va Qozoğiston sönggi yillarda keng qamrovli islohotlar amalga oşirdi. Bu jarayon siyosiy tizim, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi özgarişlarda aks etmoqda. Özbekiston 2023-yil qabul qilgan yangi Konstitutsiya mamlakatni ijtimoiy davlat sifatida belgiladi va “inson – jamiyat – davlat” tamoyilini mustahkamladi. 2024-yil Oliy Majlisga saylov ilk bor aralaş tizim asosida ötkazildi. Ijtimoiy sohada kambağallik darajasi 2021-yildagi 17 foizdan 2025-yil 5,8 foizga tuşdi. Qariyb 3,7 million kişi kambağallik çegarasidan çiqdi. Iqtisodiy yönalişda esa valyuta bozorini liberallaştiriş, xususiylaştiriş, soliq tizimini isloh qiliş va Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş böyiça muzokaralar muhim jarayonlardan böldi. 2025-yil mamlakat yalpi içki mahsuloti 7,7 foiz ösdi.
Qozoğistonda 2022-yilgi referendumdan keyin prezidentlikning yagona yetti yillik muddati joriy etildi. 2026-yil 15-martda yangi Konstitutsiya böyiça referendum ötkazilib, iştirokçilarning 87,15 foizi hujjatni maʼqulladi. Yangi Konstitutsiya asosida bir palatali Qurultoy va vitse-prezident lavozimini joriy etiş belgilandi. Iqtisodiy sohada 2025-yil Qozoğiston YAIMi 6,5 foiz ösdi. 2019-2025-yillari mamlakatda 625 sanoat korxonasi taşkil etilib, 61 300 iş örni yaratildi. Uşbu körsatkiçlar ikki mamlakatdagi özgarişlar kölami va iqtisodiy ösiş surʼatini ifodalaydi.
Musulmon Ziyo suhbatlaşdi. ÖzA